Akiko Fudzii Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMT TD)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlandi. Tizimda 25 yillik tajribaga ega ushbu mutaxassis Buyuk Britaniyadagi Sasseks universitetida gender va rivojlanish, Yaponiyaning Kioto universitetida gumanitar va ekologik tadqiqot yo‘nalishida magistrlik darajasini olgan.
BMT TDda faoliyat yuritishdan oldin u rivojlanish masalalari bilan shug‘ullananuvchi turli tashkilotlar, jumladan BMTning Venadagi sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) va Kiotodagi jamoatchilikni rivojlantirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotida mehnat qilgan.
Mazkur tayinlovga qadar Maldiv orollarida doimiy vakil, Vetnamda doimiy vakil o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, Fijidagi ko‘p mamlakatli idorada hamda Yamaykada faoliyat olib borgan. Uning keng ko‘lamli karerasi Sudan, Tokio va Pokistondagi muhim vazifalarni ham o‘z ichiga oladi.
BMT Barqaror rivojlanish dasturiga sodiqligi bilan mashhur Fudzii sifatida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal etish, inqirozli, ziddiyatli vaziyatlarda keng ko‘lamli gumanitar yordamni boshqarish bo‘yicha mohir boshqaruvchi hisoblanadi. U barcha insonlar adolatli hamda barqaror rivojlanishga erishishi uchun boshqaruv tizimi bo‘yicha maslahatlar berishda doim faol.
O‘zA
- Qo'shildi: 01.08.2024
- Ko'rishlar: 1137
- Chop etish