Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch xarakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahrida "Ijtimoiy taksi" pilot loyihasi ishga tushdi.
Ijtimoiy taksi xizmatiga qanday buyurtma beriladi?
Qayd etilishicha, xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya Yandex Go ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin. Barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi.
Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi.
Masalan, "mashina topishga yordam bering" manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi. Eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi.
Agar “nogironlik aravachasidaman” funksiyasi tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA
- Qo'shildi: 21.11.2024
- Ko'rishlar: 293
- Chop etish