Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya loyihasi muhokamalarida yoshlar keng ishtirok etadi

Harakatlar strategiyasining 2020 yildagi ijrosiga qaratilgan “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida, jumladan, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha “O'zbekiston yoshlari — 2025” kontseptsiyasi loyihasini ishlab chiqish belgilangandi. Shu asosda 2021 yil 18 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining “O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur Kontseptsiya BMTning “Yoshlar — 2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini ko'zlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyiliga asoslanadi, deyiladi strategy.uz sayti xabarida. Hujjat bilan Kontseptsiyani 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo'l xaritasi”ga ko'ra, jumladan:

“Bolalar Ombudsmani to'g'risida”gi qonunni qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasi loyihasi bo'yicha yoshlar ishtirokida keng doirada muhokamalar uyushtirish;

O'zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va “Yoshlar murojaati” elektron platformasini shakllantirish;

yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag'lari ajratish;

xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini o'tkazish;

maishiy zo'ravonlikka uchrayotgan yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularni himoya qilishning ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish;

Biz birgamiz” shiori ostida volontyorlar forumini tashkil etish;

barcha Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar ko'rish holatlarining oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yo'lga qo'yish;

2021 yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da raqamli texnologiyalar o'quv markazlarini tashkil etish vazifalari belgilangan.

Kontseptsiyada, shuningdek:

- yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

- ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash;

- hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

- yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish;

- ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish;

- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;

- yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

- yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish;

- ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish;

xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish vazifalarini bajarish nazarda tutilgan.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech