2024-yilning III choragi davomida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib tushgan arizalar va ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi
2024-yil avgust oyida, barcha «Inson» markazlarida yangi Murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi (CRM) joriy etildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qildi .
O‘tgan oyda ushbu tizim orqali 79 mingdan ortiq murojaat ro‘yxatga olindi, kunlik o‘rtacha murojaatlar soni 3 669 tani tashkil qildi.
III chorak yakunlari bo‘yicha 208 ta tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan jami 1 006 116 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, shularning 652 928 tasi (64.9%) ijobiy hal qilingan, 268 877 ta (26.7%) ariza rad etilgan, va 84 311 ta (8.4%) ariza ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 20 773 ta ariza muddati kechiktirilgan. Bu arizalarning aksariyati TIEK va VMKdan POM va RTV mahsuloti uchun xulosa olish (4 305 ta), bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash (4 064 ta), hamda nogironlikni belgilash va guruhini o‘zgartirish (2 157 ta) xizmatlariga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 31.10.2024
- Ko'rishlar: 617
- Chop etish