BMT Isroilni G‘azodagi odamlarga qarshi urush jinoyatida ayblamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qamaldagi Falastin hududi bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi hisobotida aytilishicha, Isroil tibbiyot xodimlari va tibbiy muassasalarga hujumni davom ettirish orqali G‘azo aholisini qirib tashlash bilan urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan.

Ma’lumki, BMT Inson huquqlari kengashi 2021 yil 27 may kuni ushbu komissiyaga 2021 yil 13 aprelgacha va  keyin bosib olingan Falastin hududi, jumladan Sharqiy Quddus va Isroilda xalqaro gumanitar huquqning barcha da’vo qilingan buzilishlarini hamda bundan oldin sodir bo‘lgan barcha da’vo qilingan xalqaro inson huquqi qonunlari buzilishi va suiste’mol qilinishini tekshirishni topshirdi.

30 oktyabr kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha sobiq rahbari janubiy afrikalik Navi Pillay boshchiligidagi komissiya Bosh Assambleyaga tekshiruv yakuni bo‘yicha hisobot topshirdi. Hujjatda aytilishicha, Isroil xavfsizlik kuchlari “tibbiyot xodimlarini qasddan o‘ldirgan, hibsga olgan va qiynoqqa solgan”, “sog‘liqni saqlash tizimi qulashi”dan, asosan, bolalar azob chekkan.

Что Израиль намерен сделать с жителями сектора Газа - Ведомости

“Isroil G‘azoga qarshi keng ko‘lamli hujum doirasida sog‘liqni saqlash tizimini yo‘q qilish bo‘yicha kelishilgan siyosat olib borgan, harbiy jinoyat hamda tibbiyot xodimlari va muassasalariga shafqatsiz, qasddan hujum qilish orqali insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan”, — deyiladi hujjatda.

BMT tibbiy xodimlarni qasddan o‘ldirish, hibsga olish va qiynoqqa solish, tibbiy transport vositalarini o‘qqa tutish, shu bilan birga G‘azo qamalini kuchaytirish va tibbiy yordam uchun hududni tark etishga ruxsat berishni cheklash sodir etilganini aniqladi.

“Isroil G‘azodagi sog‘liqni saqlash muassasalari misli ko‘rilmagan darajada vayron qilinishini darhol to‘xtatishi kerak, Isroil sog‘liqni saqlash huquqiga hujum qilmoqda, bu esa begunoh aholiga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, hujumlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita sog‘liqni saqlash tizimi butunlay vayron bo‘lgan, natijada odamlar aziyat chekmoqda”, - deyiladi komissiya raisi  Navi Pillay boshchiligida topshirilgan hisobotda.

Почему эvaкуация мирного населения из сектора Газа невозможна | Forbes.ru

BMT komissiyasi, shuningdek, G‘azodagi sog‘liqni saqlash muassasalariga, ayniqsa, bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yordam ko‘rsatadigan muassasalarga hujum bemor bolalar, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun cheksiz azob-uqubat keltirgan, deb hisoblaydi.

“Ushbu hujumlarni davom ettirish orqali Isroil bolalarning yashash huquqini poymol qildi, ular asosiy tibbiy yordamdan foydalanishi imkoniyatini to‘sdi va falastinlik bolalarning avlodlari va ehtimol, butun Falastin xalqining guruh sifatida yo‘q qilinishiga olib keladigan yashash sharoitini ataylab yaratdi”, deya ta’kidlanadi hisobotda.

Komissiya besh yoshli Hind Rajabni misol qilib keltirdi. Uning oilasi portlashdan qochishga uringanda mashina urib ketgan. Bir necha oila a’zosi halok bo‘lgan. Hind esa yordam so‘rab Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi. Unga yetib bormoqchi bo‘lgan tez yordam mashinasi ham o‘qqa tutildi va Hind, uning oilasi va tez yordam brigadasi shu joyda halok bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, XAMAS va boshqa Falastin guruhlari ham G‘azoda garovga olingan isroilliklarga nisbatan urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda.

JSST ma’lumotida esa 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 10 oktyabrgacha Falastindagi tibbiyot muassasalariga 1128 marta hujum uyushtirilgan. Natijada 779 kishi halok bo‘lgan, 1090 kishi jarohat olgan. Kamida 557 tibbiyot muassasasi shikastlangan yoki vayron qilingan.

Internet materiallari asosida

Saidmurod Rahimov tayyorladi. O‘zA

Powered by GSpeech