Davlat boshqaruvi akademiyasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlari Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi

Matbuot kotiblarining bilim va malakasini zamonaviy, ilg‘or tajribalar asosida oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri – A.Xodjayev

 

Davlat boshqaruvi akademiyasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlari Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi.

 

Qisqa muddatli malaka oshirish kursida 31 ta davlat organi va idoralar matbuot kotiblari kasbiy salohiyatlarini takomillashtirishlari ko‘zda tutilgan.

 

Bugun malaka oshirish kursining ochilish marosimida DBA rektori Adham Bekmurodov Axborot xizmatlari rahbarlari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 1-mavsumi tinglovchilari va ular erishgan natija, samara haqida so‘z yuritdi.

 

Shuningdek, o‘quv kurslarida nafaqat nazariy, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali matbuot kotiblarining mamlakatimiz va millatimiz tarixi, ma’naviyat-madaniyati, tashqi siyosat, boshqaruv mexanizmlari, raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish, axborot siyosatini yuritish, rahbar va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish va boshqa muhim yo‘nalish hamda mavzularda bilim-ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari borasida to‘xtaldi.

 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan AOKA direktori Asadjon Xodjayev matbuot kotiblari uchun tizimli tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, seminar-treninglardan maqsad – ularning tezkor munosabatga doim tayyor bo‘lishi, buning uchun muntazam bilim va tajriba oshirib borishi zarurligini ta’kidladi.

 

Axborotlashgan jamiyatda milliy kontent yaratish, bu jarayonlarda davlat organlarining axborot xizmatlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yaxshi uslub va infotexnologiyalardan foydalanishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda.

 

Shu bilan birga, media-makonda ichki va tashqi tahdidlar, feyk xabarlar, manipulyatsiya va dezinformatsiya faktlari ko‘payib bormoqda.

 

Bunday sharoitda axborot siyosatini tizimli, ochiq va shaffof yuritish, turli munozarali va salbiy holatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarni barcha aholi qatlamlariga sodda va ixcham formatda tezkor hamda doimiy asosda yetkazib borish talab etiladi. Ishonchli axborotlar salmog‘ini oshirish esa bugun har qachongidan ham muhim vazifaga aylangan, dedi Asadjon Xodjayev nutqi davomida.

 

Ma’lumot uchun o‘quv kursi 22-fevralga qadar davom etadi.

 

Rasmiy xabarlar

Powered by GSpeech