Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo'yicha «YO'L XARITASI»ning ijrosi yuzasidan MA'LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” V-bo'limi 2-qismi 1-bandiga muvofiq, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan 2021 yil 20 yanvar holatida holatidagi monitoring natijalariga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilinadi.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ning jami 78 bandidan 32 bandi bo'yicha ijro muddati yakunlangan, 20 ta band bo'yicha ishlar o'z muddatida bajarilgan, 2 ta band bo'yicha muddatidan oldin bajarilgan, 12 ta band bajarilmoqda.

Ijro muddati yakunlanmagan 46 ta bandni amalga oshirish bo'yicha ishlar davom etmoqda.

“Milliy strategiya”da jami 33 ta qonun loyihasi, jumladan, yangi qonun loyihalari – 20 ta, amaldagi qonunlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qonun loyihalari – 4 ta, amaldagi qonunlarning yangi tahrirdagi loyihalari – 9 ta ishlab chiqish nazarda tutilgan.

“Milliy strategiya”da belgilangan ushbu qonun loyihalari bo'yicha bandlarning 12 tasi ijro qilingan, 21 tasi ijro qilinmoqda.

O'tgan davr mobaynida O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni (yangi tahriri), “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonuni (yangi tahriri) qabul qilindi, shuningdek, “Aholi bandligi to'g'risida”gi hamda “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonunlari qabul qilindi.

Shuningdek, 3 ta yangi kodeks (Sog'liqni saqlash kodeksi, Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi kodeksi, Ekologiya kodeksi) loyihasi, 7 ta amaldagi kodeksning yangi tahriri (Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi, Uy-joy kodeksi) loyihasi tayyorlanib, ularni qabul qilish jarayoni amalga oshirilmoqda. 2 ta yangi kodeks (Axborot kodeksi, Tadbirkorlik kodeksi) loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshmoqda.

Bundan tashqari 6 ta yangi qonunlar (“Favqulodda holat to'g'risida”gi, “Sud`yalar hamjamiyati organlari to'g'risida”gi, “O'zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to'g'risida”gi, “Xususiylashtirish to'g'risida”gi, “Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida”gi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi (yangi tahriri)) loyihasi tayyorlanib qabul qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonining 6-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasini Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi 685-sonli qarori bilan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Ko'krak nishoni bilan taqdirlash marosimi joriy yil 10 dekabr` – Xalqaro inson huquqlari kunida o'tkazilib, ko'krak nishoni o'z sohiblariga tantanali ravishda topshirildi. “Ko'krak nishoni” bilan taqdirlanganlar ro'yxati Markaz veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e'lon qilindi.

Farmonning 7-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 641-son "Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi kontseptsiyasi va Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumini o'tkazish reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi. Qaror bilan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi kontseptsiyasi, reglamenti, o'tkazish Tashkiliy qo'mita tarkibi tasdiqlandi.

Shuningdek, Farmonning 12-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Markaz tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim hujjatlariga kushimchalar va o'zgartirish lar kiritish to'g'risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishilib, Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

Farmon bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining 3-bo'lim 14-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga O'zbekiston Respublikasi saylanishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirildi.

2020 yil 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga – 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun BMTga a'zo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda Osiyo davlatlar mintaqsidan eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi.

“Yo'l xarita”ning 4-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, sud va huquqni muxofaza qiluvchi organlari rahbar xodimlarining inson huquqlari sohasidagi malakasini oshirish bo'yicha “Inson qadr-qimmati - eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli ishlab chiqildi. Mazkur modul asosida hozirga qadar 32 ta vebinar o'tkazilib, jami 500 nafardan ortiq rahbar xodimlar o'qitildi. O'quv jarayoniga yetakchi xalqaro mutaxassislar jalb etilib, o'quv kursi BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Qochoqlar masalalari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, UNODC, YEXHTning loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda o'tkazildi.

“Yo'l xarita”ning 69-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyundagi 281/7-son qarori bilan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ro'yxati”ga 12.00.13 - «Inson huquqlari (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari)» ixtisosligi kiritildi. Oliy attestatsiya komissiyasining 2020 yil 30 noyabrdagi 403-sonli qarori bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida yuridik fanlar va sotsiologiya fanlari bo'yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash tuzildi.

“Yo'l xarita”ning 23-bandi ijrosi ta'minlanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining 2020 yil 25 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasini tuzish to'g'risida”gi qo'shma qarori qabul qilindi. Qo'shma qarorga asosan, Inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasi tuzildi va uning tarkibi hamda Reglamenti tasdiqlandi. Parlament komissiyasi o'zining faoliyatini boshladi.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari davom ettirildi. Bugunga qadar jami 134 ta, shu jumladan 94 ta elektron, 21 ta bosma mahalliy ommaviy axborot vositalari, 19 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari Milliy strategiyani yoritishda ishtirok etgan.

“Yo'l xarita”ning 74 va 76-bandlarini amalga oshirish doirasida joriy yil 12-13 avgust kunlari o'tkazilgan «Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari» mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi yakunlari bo'yicha qabul qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi.

Ayni paytda Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi rezolyutsiyasi BMTning Rasmiy hujjatlar tizimida A/74/998 raqami ostida joylashtirilgan. BMTning 6 ta rasmiy tili - arab, ingliz, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilingan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) Doimiy kengashining yaqinda bo'lib o'tgan majlisi yakunida Samarqand rezolyutsiyasi YEXHT Doimiy kengashining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibiyatining 2020 yil 31 avgustdagi OIC/CULT-05(31)/2020/002736-sonli rasmiy xati bilan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumining yakuniy hujjati IHTga a'zo barcha davlatlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Samarqand rezolyutsiyasi matni Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) tashkilotining rasmiy saytida e'lon qilingan.

Powered by GSpeech