MAMLAKATDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI FAOL HAL ETILMOQDA.
O‘zbekiston rahbariyati tomonidan 2020 yildayoq bu borada alohida chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ish o‘rinlari yaratish, mutaxassis kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va aholining kam ta’minlangan qatlamiga qo‘shimcha yer maydonlari ajratish, kichik biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ko‘zda tutilgan. Ayni jarayonda keyingi yillar davomida kambag‘allikning yuqori darajasi kuzatilayotgan Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga alohida e’tibor berilayotir.
E’tiborlisi, Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro ekspertlar bilan birga, Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida “kambag‘allik” tushunchasini tadqiqotlar va xalqaro andozalarga asoslangan holda identifikatsiyalash va baholash bo‘yicha yangi metodologiyani rivojlantirish imkoniyatini taklif qildi. Bunda O‘zbekiston rahbari mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida aholi o‘rtasida tadbirkorlikni qo‘llab-kuvvatlash va rivojlantirish ekaniga urg‘u berdi.
Islohotlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kambag‘allik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 2022 yilda 14 foizgacha qisqargan, aholi jon boshiga daromad esa 8,8 foizga ortdi. Shunday qilib O‘zbekistonda bir million nafar kishi kambag‘allikdan chikdi va mamlakatning barcha viloyatlarida turmush farovonligi ortdi.
Kambag‘allik darajasi eng avvalo, kasbiy ta’limni rivojlantirish va tadbirkorlikni boshlashga ko‘maklashish orqali qisqardi. Bir yilning o‘zida 200 mingta yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tashkil etildi, 20 mingta korxonaning faoliyati tiklandi va kengaytirildi.
Shunday qilib, mamlakat rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasini bir yilning o‘zidayoq uch foizga qisqartirish, aholi jon boshiga daromadning o‘rtacha mikdorini esa 8,8 foizga oshirish imkonini berdi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ayniqsa, Sirdaryo, Toshkent, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida kambag‘allik darajasini ancha ko‘p qisqartirishga erishiddi. Aholi daromadlarining tarkibida kichik biznesdan olinadigan daromad ikki baravarga ortdi, aholining qishloq xo‘jaligidan oladigan daromadi esa —uch baravar ko‘paydi.
Keltirilgan raqamlar shuni tasdikdaydiki, kambag‘allikka qarshi faol kurashish bo‘yicha 2020 yildan boshlangan siyosat, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosati o‘zining natijadorligini ko‘rsatdi.
Kuchli ijtimoiy siyosat asosida
Kambag‘allikka qarshi samarali kurashish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish” degan maqsadni belgilab berdi. Davlat rahbari aytganidek, ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir.
Murojaatnomada kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha davlat tashabbuslari, shuningdek, faoliyati ayni sohadagi vaziyatni doimiy monitoring qilishga qaratilgan tadqiqot markazlarini rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuning barobarida davlatning ijtimoiy sohaga xarajatlari har yili ortib bormokda. Masalan,
2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadlariga 12 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiddi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning yangi ish o‘rinlari yaratish siyosati aholining barcha qatlami daromadlarini ko‘paytirishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Jahon tajribasidan ma’lum, kambag‘allikni ikki-uch baravar qisqartirishga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali erishish mumkin. Va bunday natijadorlik iqtisodiyotning boshqa barcha tarmoqlariga nisbatan ustunlik qiladi. Ahamiyatlisi, yaratilgan ish o‘rinlarini qishloq joylaridagi, kichik va o‘rta shaharlardagi xotin-qizlar egallaydi. Boz ustiga, bu ular uchun ish bilan ta’minlanishning yagona imkoniyati hamdir.
Jahon banki tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, jahondagi vaziyat fonida O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida jiddiy o‘sishga erishmoqda va bu aynan ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor berish orqali amalga oshyapti.
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari aholining ta’lim darajasi, ko‘nikma va malakalarini oshirish bilan uyg‘un ravishda hal etilmoqda. 2020 yilning yozida YuNESKO bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning qishloq xududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli keng ko‘lamli ta’lim loyihasi boshlandi. U Yevropa Ittifoqi tomonidan 9,6 million yevro miqdorida moliyalashtirilib, YuNESKO tomonidan ro‘yobga chiqariladi. Loyiha doirasida to‘rt yil davomida O‘zbekistonning to‘rtta xududi — Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sektorlarida malaka oshirish tizimi takomillashtiriladi. Qishloq xo‘jaligida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh qilish juda muhimdir, negaki, uning uchun xalqaro tashkilotlarning tajribasi va texnik ko‘magi foydali bo‘ladi.
Daromadlardagi tengsizlik mo‘tadil
Milliy darajada kambag‘allik qisqarayotgan bo‘lsa-da, shaharlar va qishloklar aholisining daromadlari orasidagi tafovut ortmokda. Bunday holat esa, aholining kambag‘alligi masalasi daromadlardagi tengsizlik muammosi bilan birga hal etilishi lozimligini ko‘rsatmokda. Bunda asosiy yechimlardan biri — qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini rivojlantirish va davlat nazoratini kamaytirishdir. Qolaversa, ushbu tarmokda bandlikni yaxshilash mamlakatda kambag‘allikni va daromadlardagi tafovutni kamaytirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Negaki, O‘zbekiston aholisining taxminan 80 foizi qishloq joylarda yashaydi va daromadni ham bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida topadi.
Shu narsani e’tirof etish muhimki, Djini koeffitsienti (Adolat indeksi) yoki daromaddar tengsizligi indeksining ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 2021 yildagi 0,329 dan 2022 yilda 0,327 gacha qisqargan. Bu esa, mamlakat rahbariyati tomonidan inklyuziv siyosat amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Respublikada mulkiy notenglik yoki mamlakat aholisining daromadlaridagi tengsizlik mo‘tadil xarakterga ega bo‘lib, kamayishga moyil. Aholi daromadlari strukturasida pensiya va ijtimoiy nafaqalar ortib borishi kuzatilmokda, bu esa ijtimoiy ko‘llab-kuvvatlash sezilarli tarzda ortayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, kichik biznesdan olinadigan daromadlar va qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lgan aholining daromadlari ko‘paymokda. Bu, xususan, O‘zbekistonda 2022 yili 100 ming gektar yer aholiga ajratib berilgani tufayli ham yuz berdi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining kuchaytirilishi va hududlarning iqgisodiy rivojiga katta hissa qo‘shgan jihat — mamlakat Prezidentining har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi lavozimini joriy etish haqidagi tashabbusi bo‘ldi. Shuningdek, 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘lgan barcha idoralar bitta samarali va kompleks tizim — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga birlashtirildi.
Umuman, respublikada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan maqsadli va samarali siyosat Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida barpo etish jarayonida o‘zining yuqori samaradorligini namoyon etmoqda.
Nina LINDE,
Latviya fanlar akademiyasi
Iqtisodiyot instituti direktori.
- Qo'shildi: 16.05.2023
- Ko'rishlar: 4021
- Chop etish