DEMOKRATIK MATBUOTNING ASOSIY ShARTI VA TALABI – XOLISLIK, HAQQONIYLIK, MILLIY MANFAATLARGA SODIQLIK (Prezident tabrigida qayd etilgan ayrim dalil va raqamlar)

  • Hozirgi kunda yurtimizda 2140 ta yoki 2016 yilga nisbatan 626 ta ko‘p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda.
  • Ularning 65 foizi nodavlat media vositalari ekani sohada tarkibiy o‘zgarishlar izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
  • An’anaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgani va o‘quvchilar ommasini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etayotganini qayd etish lozim.
  • Davlat idoralari va mahalliy hokimliklar tarkibida axborot xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani xalq bilan muloqotni kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
  • Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash, ularning ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash hamda ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etildi.
  • Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqaro axborot makoniga ham dadil kirib bormoqda.
  • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda bir qator xususiy telestudiyalarning ko‘rsatuvlari jahonning 100 dan ortiq davlatlariga uzatilmoqda.
  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi o‘z xabarlarini 10 ta xorijiy tilda tarqatmoqda.
  • So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning ongu tafakkurini yuksaltirishda muhim rol o‘ynashi shubhasiz.
  • Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu soha uchun uch yil muddatga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilgani ularning iqtisodiy holatini barqarorlashtirishda katta madad bo‘lmoqda.
  • Bugungi kunda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti kabi ta’lim muassasalarida jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha yuzlab mutaxassislar tayyorlanmoqda.
  • Ushbu oliy ta’lim dargohlarida talaba yoshlarimiz bosma ommaviy axborot vositalari va noshirlik ishi, audiovizual jurnalistika, internet jurnalistikasi va menejmenti, media nazariyasi va amaliyoti, harbiy va sport jurnalistikasi, raqamli media, xalqaro munosabatlar singari yigirmadan ziyod ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali professor-o‘qituvchilardan mahorat sirlarini o‘rganmoqda.
  • Biz Yangi O‘zbekistonning yangi jurnalistikasini yaratish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ygan ekanmiz, bu boradagi milliy an’analarimiz bilan birga rivojlangan davlatlar tajribasini ham har tomonlama o‘rganishimiz, ommaviy axborot vositalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi oliygohlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va media kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishimizni hayotning o‘zi talab etmoqda.
  • Shu sababli ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.

 

Powered by GSpeech