ULUG' SIYMO HAQIDAGI ASAR

Har qanday xalq, birinchi navbatda, o‘zining fidoyi o‘g‘lonlariyu, mutafakkirlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu, ulamolari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Shu jihatdan o`zbek xalqining g'ururi chindan-da, tog`lardan baland desak mubolag'a bo`lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bundan ikki yil avval Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganlarida «Yurtimiz zaminidan juda ko`p olimlar, muhaddislar, avliyolar yetishib chiqqan, ularning merosi undan ham ko`p. Lekin tan olish kerak, bu katta manbani chuqur o`rganmadik» deya afsus bilan gapirgandilar.

Haqiqatdan ham. buyuk allomalarimiz erishgan yutuqlar, ilmiy-amaliy natijalar bilan faxrlanishning o'zi kamlik qiladi, ularni qadrlashdan tashqari. ilmiy faoliyatlarini keng targ`ib qilishimiz kerak.

Buyuk ajdodlarimizning ilmiy meroslarini o'rganish va targ'ib qilish haqida so'z borganida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik, yuridik fanlar doktori Akmal Saidovning beminnat xizmatlarini alohida e'tirof etish lozim. Yaqinda Akmal Xolmatovichning bir necha yil ilgari nashr etilib. xalqimiz orasida keng tarqalgan «Hazrat Zangi ota» nomli kitobi yangi ma'lumotlar bilan boyitilib, qaytadan nashr qilindi.

Kitobda ulug` avliyo, shayx. tasavvufning yirik namoyandalaridan biri Hazrat Zangi otaning tarjimai holi. xususan, ism va nasablari. ahli ayollari, sulolasi, sayohati va izlanishlari, maqbara va ziyoratgohlari to‘g‘risida keng ma'lumotlar berilgan. Muallif Ahmad Yassaviyning tasavvuf sohasidagi izdoshlaridan biri bo`lgan Hazrat Zangi ota to`g`risida olim va mutafakkirlarning fikrlarini bir kitobga jamlashga muvaflaq bo‘lgan. Qayd etish kerak. Akmal Saidovning o‘zi Hazrat Zangi ota yashagan va dafn etilgan Toshkent viloyatining «Zangiota» qishlog'ida tug'ilgan. Bu kitobni esa, muallifning o‘zi tug‘ilib o`sgan hudud va uning avliyo zoti Zangi otaga hurmat-ehtiromi ifodasi. ta'bir joiz bo‘lsa, farzandlik burchi ado etilishining namunasi desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Agarda har bir olim Akmal Saidov kabi o`zi yashagan hududdagi avliyolar hayoti va ilmiy faoliyati haqida shunday izlanishlar olib borganida edi, mutafakkir bobolarimizning ilmiy merosidan ko'pming sonli o'zbekistonliklar to`liqroq bahramand bo'lardilar.

Muallif kitobning dastlabki qismlarida Zangiota ziyoratgohi haqidagi bolalikdagi xotiralari bilan o'rtoqlashadi. «Ushbu kitobning yozilishi haqida» sarlavhasi ostidagi bo'limda qayd etilishicha. Zangi otaga. ul zotning ziyoratgohlariga munosabat doim ham yuksak bo'lmagan, uning bolalik yillarida Zangiota ziyoratgohida viloyat ateistlar uyi ish olib borgan, ziyoratgohlar ham, ziyoratchilar ham shafqatsiz ta'qibga uchrab, ushbu maskan dahriylar muzeyiga aylantirilgan.

Bundan tashqari. kitobdan Zangi ota maqbarasining bunyod etilishi bilan bog'liq ibratli rivoyatlar va tarixiy voqealar o‘rin olgan. Rivoyatlarning birida aytilishicha, «Amir Temur Yassi qo‘rg‘onida Ahmad Yassaviy hazratlariga maqbara qurish harakatini boshlaganida nima uchundir ish hadeganda yurishavermagan. Bu holning sababini bilolmay. hayron bo‘lib yurganida bir kecha tushiga nuroniy birzot kirib. Yassaviyga maqbara qurishdan oldin Zangi otaning qabrini obod qilishi kerakligini aytadi. Shunda Amir Temur Zangi ota ruhini shod etish uchun maqbara tiklashga kirishadi. Bu muhtasham yodgorlik majmuining qurilishini 1420-yili Mirzo Ulug‘bek tugallagan».

Kitobda Zangi ota majmuasining o‘ziga xosliklari, undagi bitiklarning mazmun- mohiyatidan tashqari, Hazrat Zangi otaning ma'naviyati. uning umrboqiy pand- nasihatlari, shajaralari, Anbar onaning u kishining hayotidagi o'rni va roli haqida ham batafsil so‘z yuritiladi. Kitobda bir paytlar Zangi ota qishlog'ida «Zangi ota sayili» degan bayram o'tkazilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham bor. Masalan, xorijlik tadqiqotchi Yevgeniy Shayler 1873-yillarda Zangi ota ziyoratgohida bo'lganida sayilni tomosha qilganligi, shu bilan birga rus sayyohi va olimi V.A.Gordlevskiyning Markaziy Osiyo bilan bog‘liq taassurotlarida Zangi ota sayiliga guvoh bo'lganligi yozib qoldirilgan. Muallifning fikricha, bu sayil odatda qovun pishig'i mavsumida bo'lib o‘tgan. Masalan, tadqiqotlarda 1929-yildagi sayilning yakuni 13-sentyabr kuniga to'g'ri kelgani aytiladi.

O‘nta bobdan iborat «Hazrat Zangi ota» kitobi elimizning karomatgo‘y. donishmand siymosi bo`lmish Zangi ota haqida. Uning diniy-dunyoviy faoliyati to‘g‘risida keng qamrovli yaxlit asar hisoblanib, undagi ma'lumotlar mutaxassislar, eng asosiysi tasavvuf tarixiga qiziquvchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda. ushbu kitobda Hazrat Shayx Zangi otaning butun salohiyati. Kamoloti, ma'naviy martabalari yetarli darajada ochib berilgan, avliyolar hayoti, ularning shajaralari, tasavvuf tariqati bilan bog‘liq ma'luinotlar keng tahlil qilingan. Yana bir fikr, yangi kitob tarixiy qadriyatlarimizni tiklash va xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishga ham xizmat qilishi shubhasizdir.

 

 

Odiljon TOJIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari

Powered by GSpeech