Bugun insoniyat o‘z sivilizatsiyasining shunday bir nuqtasidaki, kommunikatsiya texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi barobarida u axborot erkinligining kishilik tarixida misli ko‘rilmagan cho‘qqisiga yetdi.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida ijtimoiy tarmoqlar jahon media makonida faoliyat yuritib kelayotgan an’anaviy OAV bilan shu qadar aralashib, ba’zi holatlarda esa umuman qo‘shilib ketdiki, buning natijasida ularni bir-biridan ajratib ko‘rsatish yoki ularni bir-birlariga qarshi qo‘yish mantiqsizdek tuyulmoqda.
Hozirgi paytda yer kurrasining qariyb 50 foiz aholisi biron-bir ijtimoiy saytda faoldir. Ularning ayrimlari esa bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Bu o‘z o‘rnida rasmiy va norasmiy OAVlar uchun alohida mas’uliyat yuklaydi.
"Shaxsiy mulohaza" loyihasining navbatdagi mehmoni “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori, filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimovning aytishicha, bugungi kun jurnalistlari "jurnalizm" bilan "aktivizm"ning farqini bilib olishlari muhim. Bundan tashqari jurnalistlar o‘zlari tomonidan e’lon qilinayotgan har bir axborot uchun mas’ul ekanliklarini yodda saqlashlari kerak.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 07.05.2025
- Ko'rishlar: 106
- Chop etish