Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon jamiyatining «O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» VI Xalqaro kongressi doirasida «O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan markazida»mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston va dunyoning taniqli sharqshunos olimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, kutubxona va muzeylar direktorlari ishtirok etdi.
Qutlov so‘zlari davomida akademik Edvard Rtveladze, atoqli arxeolog va «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasining doimiy ilmiy rahbari xotirasiga bag‘ishlangan «Xotiralar» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘nga ishtirokchilar sektorlarga bo‘lindt. Birinchi sektorda kitob-albom mualliflari 2021 yilda – 2022 yilning birinchi yarmida tayyorlangan nashrlarini taqdim etdilar.

Ikkinchi sektor ishtirokchilari "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida"loyihasi nashriyot faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchinchi sektor Markaziy Osiyo arxeologiyasi va san’at tarixining dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.
Uchta sektorda jahonga mashhur sharqshunos olimlarning ma’ruzalari tinglandi.
Ma’ruzachilar o‘tmishning ajoyib ma’lumotlari va O‘zbekistonda kulolchilik paydo bo‘lishi, Hindistonda Boburiylar yodgorliklarida yozilgan yozuvlarda insoniyatga qanday xabarlar shifrlanganligi, o‘zbek san’atining noyob eksponatlari uzoq Shvesiyada saqlangani va boshqa qiziqarli tarixiy mavzularda haqida fikr yuritdi.
Konferensiyada dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 50 dan ortiq olim o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
- Qo'shildi: 22.07.2022
- Ko'rishlar: 5304
- Chop etish