Joriy yilning 26-fevral kuni Senatda xalqaro ekspert, doktor Naira Avetisyan boshchiligidagi BMT Bolalar jamg‘armasi (UNIСEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda bola huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilib, bola huquqlarini taʼminlash davlat siyosatining muhim strategik yo‘nalishi ekanligi taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, ushbu yo‘nalish doirasida O‘zbekiston milliy qonunchiligida bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan 40 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan.
Tomonlar bolalar va yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati va samaradorligini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash, reproduktiv salomatlik, huquqiy savodxonlikni oshirish, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, taʼlim, inklyuziv taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimlarining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Senatning UNIСEF bilan o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorligini yana-da mustahkamlash yuzasidan kelgusidagi choralar belgilab olindi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 27.02.2025
- Ko'rishlar: 313
- Chop etish