Saida Mirziyoyeva taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 23-yanvar kuni xalqaro hamkorlar — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

“Xalqaro taʼlim kuni arafasida men Oʻzbekistonning bu yoʻnalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan eʼtirof etmoqchiman. Biz taʼlim — farovonlik poydevori ekaniga qatʼiy ishonamiz va har bir bola uchun oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

Qayd etilishicha, muloqot davomida taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilingan.

“Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz”, — deya taʼkidlaydi Mirziyoyeva.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech