Har bir jamiyatda barqarorlik va rivojlanish tartib-intizom, huquqlar va erkinliklarning ta’minlanganligi, umuman olganda huquqlilikning qaror topgani bilan baholanadi. Azaliy qonuniyat shu.
Jamiyatdagi shaxslarning har qanday harakatlari uchun: huquqbuzarliklar, korrupsiya, hattoki eng og‘ir jinoyat bo‘lmish odam o‘ldirish uchun ham unga nisbatan jazo qo‘llash masalasi qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan qo‘llanilishi kerak.
Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya’ni xalq tilida "samosud" qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta’sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi. Bugungi lavhamizda Qonunchiligimizda "Samosud" uchun qanday taqiqlar borligi va belgilangan javobgarlik bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)
- Qo'shildi: 30.09.2024
- Ko'rishlar: 822
- Chop etish