­­­­­TABARRUK TASHRIFLARNING TOTLI MEVALARI

Yurtimiz bo‘ylab...

1

...Isroil – Eron ziddiyatlari ­keskinlashdi. Amerika uchoqlari Eronga bomba yog‘dirdi. Falastin – Isroil o‘rtasidagi munosabatlar taranglashdi. G‘azo sektorida ochlik, g‘ayriinsoniy azoblar. Rossiya – Ukraina urushi yanayam vahimali tusga kirdi. 

Urush, xavotir, tashvish, bezovta-beoromlik ona sayyoramizning kechagina gurkirab turgan bog‘larini o‘rgimchak to‘ridek o‘rab borayotgan kunlarda O‘zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatiga bordi. Yozgi quyosh ziyolariga ko‘milib mehnat qilayotgan dehqonlar, bog‘bonlar, quruvchilar, yo‘lsozlar, ziyolilar bilan uchrashdi, gurunglashdi. Korxonalarga, xonadonlarga kirdi, odamlarning orzu-o‘ylari, quvonch-tashvishlari, rejalari bilan tanishdi, fikrlashdi.

Janjallar, garchand, sarhadlarimizdan olislarda bo‘layotgan esa-da, ular yoshu qari – hammamizga ipidan-ignasigacha ma’lum. Sharqning dono oqini Abdulla Oripov ta’riflagan «Quva anori»dek dunyoda bo‘layotgan bo‘ronlarni Internet tarmoqlari ko‘zguday lahzama-lahza ko‘rsatib turganda biron narsani yashirish qiyin. Ona zamin qalbidagi jarohatlar allaqachon hammamizning «yorilmagan yara»mizga aylanib bo‘ldi. Osmono‘par imoratlar yer bilan bitta bo‘ldi, bog‘lar kuydi, qishloqlar yondi. Ichi muzlab, umidi so‘nib, qo‘li ishga bormay ko‘chalarda sarson-sargardon bir qancha mamlakatlarning begunoh fuqarolari. Dunyoviy qonun-qoidalar tugul BMT hujjatlariniyam bir chaqaga olmay qo‘ygan zo‘ravonlar esa hali-hanuz kibru havolardan qutulgan emas. Ular yovuzlik girdobiga borgan sayin chuqurroq botib borayotgan damlarda O‘zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatida bo‘ldi. 

Mamlakatning yirik qo‘rg‘onlaridan bo‘lgan Toshkent viloyatining barcha shaharu qishloqlarini obod va ko‘rkam qilish orzu-o‘ylari iqtidorga kelganidan buyon bir nafas ham tinch qo‘ymayotgan davlat rahbarining bu galgi rejalari juda boshqacha... 

«Bu diyorning eng asosiy boyligi – aslida, uning mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli xalqidir», deya ta’riflagan Prezidentimiz Toshkent viloyati ahli huzuriga borayotib, poytaxt biqinida tubdan qayta qurilayotgan «Toshkent – Sharqiy» aeroportini ko‘zdan kechirdi. Aeroportning to‘rt kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagini, eng yirik samolyotlarni ham bemalol qabul qila oladigan ikkita terminalini, perron va angarlarini barpo qilayotgan quruvchilarning ishlari bilan tanishdi.

Prezident ознакомился с ходом строительстva aeroportа «Tashkent-Восточный»

Bu manzilni yangidan yaratish ham davlat rahbarining uzoq yillik orzularidan biri edi. Shundan edi quruvchilarning «Yangi aeroportning bosh arxitektori Prezidentimiz ­Shavkat Mirziyoyevning o‘zlari bo‘ladi!» deya iftixor bilan mehnat qilishlarining boisi. Darhaqiqat, aeroport loyihasi, uning murakkab nuqtalarigacha bo‘lgan chizmalarning hammasi shaxsan Prezident tashabbusi bilan yaratilgan. ­Aeroportning O‘zbekiston iqtisodiyotiga, yo‘lovchilarga keltiradigan behisob foyda va qulayliklari-yu viloyatda turizm darvozalarini katta ochib yuborishi ham besh qo‘lday ayon edi Prezidentga. Amalga oshirilayotgan ishlarning har qadamida sinchiklab ko‘zdan kechirgan davlat rahbari tegishli maslahat va ko‘rsatmalar berdi, quruvchilarga tashakkurlar aytdi. Mehrli so‘zlarni Yurtboshining lafzidan eshitish kishiga qanchalar quvonch, kuch va ilhom bag‘ishlaganini o‘zingiz tasavvur qilavering.

2

Yana tasavvur qilingki, siz qurama tog‘lar orasida kumush kamardek yaltirab yotgan o‘nlab daryo-yu soylarning eng sho‘xi va go‘zali bo‘lgan Parkentsoy sohilida turibsiz.

Toshlardan toshlarga urilib, qirg‘oqlarga mayin epkinlar sachratgancha pastliklarga enayotgan, bir zamonlar Mirzo Bobur ot o‘ynatib o‘tgan, ne-ne jangu jadallar guvohi bo‘lgan Parkentsoy sohillarida hayot qaynaydi. Osmonga qo‘l cho‘zgan kranlar, qurilish anjomlari tashiyotgan mashinalar ovozi binokorlarning hay-haylariga qo‘shilib jozibador, jangovar kuyga aylanib ketganki, qarab ko‘zingiz to‘ymaydi. 5 ming 200 xonadonga mo‘ljallangan 125 ta ko‘p qavatli uy, 2 ta maktab, sakkizta bog‘cha, 10 gektarlik park, sun’iy ko‘l, sayilgoh va велоyo‘lак­лар barpo qilinishi kerak olti gektarlik mazkur manzilda. 17 kilometrdan iborat ichki yo‘llar esa kaftday tekislanadi. Bundan ham zo‘ri, 24 kilometr uzunlikdagi «Байт­qo‘rғон – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li quriladi... 

Prezident ознакомился с нovыми проекtaми и строительством в Parkentском  райоne – Нovости Узбекисtanа – Gazeta

Aslida xamir uchidan patir hali bular. Bir kitobga sig‘maydi ularning barisin sanasak agar. Shul bois ayrimlarini tilga olamiz: Kumushkonda 100 gektar yerda turizm ob’ektlari quriladi. Oltin bel cho‘qqisida tashkil etiladigan tog‘-chang‘i kurort zonasida yangi ko‘prik, 7 ta dor yo‘li, 3 ta tog‘-chang‘i yo‘li, 4 ta mehmonxona, 40 ta villa, 4 qavatli avtoturargoh, vertolyot maydonchasi, restoran, bolalar maydonchasi barpo etiladi. Avstriya kompaniyasi esa 1200 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti yaratadi. Loyihalar to‘la amalga oshganidan keyin kuniga 15 ming sayyohni qabul qilish imkoniя­­ти paydo bo‘ladi Parkentda. So‘qoq tomonlarda ham ayni yo‘nalishda yetti gektarlik sayyohlik markazi tashkil qilinib, unda 100 kishilik choyxona, 350 xonali 2 ta 11 qavatli mehmonxona, shale tipidagi uylar, sog‘lomlashtirish markazi, avtoturargoh, supalar, osma ko‘priklar, kempinglar, kuzatuv maydonlari kabi 17 turdagi ob’ektlar barpo qilinadi. 

Yangidan tashkil etiladigan 54 gektarlik bog‘da gilos, olma, nok, malinaning eksportbop navlari yetishtiriladi. Fransiya va Ispaniya tomonlardan o‘zini o‘zi changlatish xususiyatiga ega daraxtlar keltiriladi. «Aqlli» agregatlar nami qochgan yerlarni avtomatik ravishda sug‘oradi. Bu yil 500 tonna olma, 400 tonna nok, 256 tonna gilos, 30 tonna malina yetishtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kelajakda ularning miqdori ikki-uch barobar oshadi. Qisqasi, tumanda qiymati 1 milliard dollarlik 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3300 ta ish o‘rni, 1 million sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi. 

 3300 ish o‘rni. Bu – 3300 xonadon obodligi, agar har xonadonda uchtadan jon bo‘lsa – 9900, 5 tadan bo‘lsa – 16500 insonning xotirjamligi, to‘qligi, ertasiga, indiniga ishonchining barqarorligi deganidir! Serfarzand parkentliklar uchun mazkur raqam qanchalar ahamiyatli ekanini tasavvur qilish qiyin emas. Bir million sayyohga xizmat ko‘rsatish esa bir million ro‘zg‘orning to‘kisligi, dasturxonining to‘kinligini ta’minlaydi.

Jaloliddin Rumiy hazratlari noyob saxovat egalariga shunday ta’rif bergan: «Eng buyuk Haj bir ko‘ngilga yo‘l topib kirishdir. Bir ko‘ngil yuzlarcha Ka’badan go‘zaldir. Ka’ba hazrati Ibrohimning binosi bo‘lsa, ko‘ngil Allohning nazargohidir».

3

Mana endi Prezident Shavkat ­Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga qilgan bitta tashrifi necha minglab ko‘ngillarga sevinch, baxt, umid, ishonch, go‘zallik, nur bag‘ishlaganini chamalab ko‘ring. So‘ngra uning yoniga yana o‘n tashrifni qo‘shing. O‘n tashrif – o‘n to‘lg‘anish, o‘n uyg‘onish, o‘n evrilish. Har tashrifdan so‘ng hech nima yo‘q joylarda azamat korxonalar qad ko‘tarayotgani, chaqirtikan, ajriq bosgan yerlar gullarga ko‘milib borayotgani, yuz-yuzlab oilalar uy-joyli bo‘layotgani-yu qayerga bosh urishini bilmay yurgan minglab yoshlarning ish bilan ta’minlanganini hisoblab ko‘rsangiz, Prezident tashriflarining mazmun-mohiyatini yanada teranroq his qilasiz.

«His qilish» yoqimli, albatta. Ammo bunday yutuqlarga qanday erishildi? Yer o‘sha, suv o‘sha, ob-havo, odamlar – hammasi o‘sha-o‘sha-ku! Nega shuncha yillar mobaynida foydalanilmadi bunday imkoniyatlardan? Yoki hazrati Xizr bobomiz kutilmaganda xazina topib, «Oling, bo‘talarim», deya sovg‘a qildilarmi viloyat ahliga? Bunday savollarning hamma javobi yana Prezidentga, davlat rahbarining viloyat bo‘ylab amalga oshirgan tabarruk tashriflariga, xalq huzuriga yo‘l olishdan avval ularni qiynayotgan ­muammolarni hal qilish uchun qancha tunlarni bedor o‘tkazgani, kitoblar varaqlagani, o‘yga tolgani, dunyo tajribalarini tahlil qilgani-yu jonini qiynab izlanganlariga ulanib ketadi. 

Izlagan imkon topadi, iloj topadi, yo‘l topadi, deganlari shu bo‘lsa kerak-da. 

Faqat Toshkent shahri yoki вилоя­­ти emas, umuman, Prezidentning hech qachon, hech qayerga shunchaki «tomosha» uchun bormasligi, qay hududga yo‘l olmasin, hamisha hech kimning xayoliga kelmagan tashabbus shodalari bilan borishi, davlat rahbarining qadami yetgan manzillar esa obodlik navolariga ko‘milishi ajib an’anaga aylanib ketdi yurtimizda.

Yo‘qni bor qilish, mudroq nigohlarni uyg‘otish, sokin soylarga daryolar shiddatini olib kirish uchun qanday rohatbaxsh azoblarni boshdan kechirgani esa Prezidentimizning o‘zi-yu yolg‘iz Yaratganga ayon. Ishonchim komilki, bu so‘zlarda zarracha mubolag‘a yo‘qligi isbotga muhtoj emas. Qolaversa, davlatimiz rahbarining dunyo taqdiriga doir murakkab masalalarga ham sharqona aql bilan oqilona yondashayotgani, muammolar tugunini yechish yo‘lidagi noyob qobiliyati jahonning taniqli davlat va jamoat arboblari, yirik siyosatchilari tahsiniga sazovor bo‘layotgani ham ayon haqiqat. 

Eslang, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi qanchadan-qancha o‘ydim-chuqur yo‘llar tekislandi, Yevropa davlatlarining ishonchi qayta tug‘ildi bu zaminga, dunyo banklariga, ishbilarmonlariga darvozalar katta ochildi, hech kim tan olmay, yakkalanib qolayotgan Afg‘onistonga munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Zotan, shunday vatanparvar, tinchliksevar, bir so‘zli fazilatlar isbotlaydi ulug‘ shaxslarning tarixdagi o‘rnini. 

Yaxshi bilamiz: O‘zbekiston Prezidenti uchun aytilgan so‘z – otilgan o‘q. Va’da – vafosi bilan aziz. Yuzlab misollar keltirish mumkin birgina Toshkent viloyatining o‘zidan.

Masalan, Shavkat Miromonovich 2017 yilda To‘ytepa shaharchasini viloyat poytaxtiga aylantirish haqida so‘zladi. Sal o‘tmay, To‘ytepa qayta nomlanib, Nurafshon shahri sifatida Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga aylandi. Tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi 7-8 yil orasida Nurafshon. Bir mahallar Nukent, ­keyinchalik To‘ytepa nomidagi bu manzil kattaligi bo‘yicha Biskent, Qang‘a, Banokat, Toshkent singari shaharlar qatorida turgan bo‘lsa-da, umrida bugungidek obodliklarni ko‘rmagan. Shahardagi 22 ta mahallaning­ hamma ko‘cha va uylari boshqatdan qurildi. «Aqlli shahar» konsepsiyasi asosida Singapurning «DIIPART» kompaniyasi hamkorligida qiymati 2,5 milliard dollarlik ishlar boshlanib ketdi. Chig‘iriq va «PSHK» qo‘rg‘onlari shahar hududiga o‘tkazildi. 246 gektar maydonda 20 ming aholi yashaydigan shaharcha qad rostlay boshladi. Ikkinchi bosqichda aholi soni 63 mingga, shu yil adog‘ida esa 77 mingga yetadi.

Nurafshon city”ни kimлар қурishи ma’lum bo‘ldi | Qalampir.uz

Tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq 246 gektar maydondan iborat shahar qurilishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 114 gektar yerda 20 ming aholi istiqomat qiladigan 72 ta bino va inshoot bunyod etiladi. Ikkinchi bosqichda maydon 95 gektarga kengayib, 53 ming aholi uchun 80 ta bino va inshoot quriladi. Uchinchi bosqichda qurilish yana 37 gektarga kengayib, 77 ming aholi yashaydigan 48 ta bino quriladi. 

Hozirgacha 168 o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavatli «Prezident maktabi», zamonaviy me’morchilikning so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan ko‘pqavatli uylar, zamonaviy binolar foydalanishga topshirildi. Yangi maktablar, institut va universitet, xiyobonlar, tijorat banklari, biznes markazlari, teatrlar, kutubxonalar, Yoshlar markazi, amfiteatr, o‘yingohlar, ishlab chiqarish korxonalari barpo etish davom etmoqda. Vatanparvar bog‘i, ­Media xodimlari va ijodkorlar bog‘i, Zulfiya Zokirovaga bag‘ishlangan «Matonat madhiyasi» memorial majmuasi, gipermarket, sog‘lomlashtirish yo‘lак­лари qurilyapti. Kelgusida Toshkentdan Nurafshonga hamda boshqa йo‘nалish­ларga qatnovchi tez yurar электрobус­лар qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent bilan Nurafshon o‘rtasida yerusti ­metro qatnovi ham bu yerning o‘ziga xos salohiyati ifodasiga aylanadi. Prezidentimizning «Yevropaning sanoqli davlatlarida bor bo‘lgan eng zamonaviy shaharni biz Toshkent viloyatidan boshlab beraylik», degan ezgu niyatlarining ifodasiga aylanadi bularning hamma-hammasi. 

Ha, Nurafshon hademay «aqlli shahar» sifatida mamlakatimiz faxriga aylanadi.

Yaqinda, aniqrog‘i, Matbuot va ­ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami arafasida «Matonat madhiyasi» memorial majmuasi ziyoratida bo‘lgan jurnalistlar viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning so‘zlarini eshitib, faxru iftixorga to‘ldilar.

Shavkat Мирзиёев

– 2025 yilda 612 ming aholini ish bilan ta’minlashimiz, 25,3 ming ­oiladagi 115,7 ming kishini kambag‘allikdan chiqarishimiz kerak, – dedi hokim. – Rejani amalga oshirish uchun viloyat hokimligi, respublika Xalq banki va viloyat Markaziy banki o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Banklar tomonidan «Сайхун­obod» tajribasi asosida har bir mahallada 40 tadan jami 41 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, 82 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Har bir mahalladan kamida 10 tadan jami 10250 ta xonadonning o‘rtacha yillik daromadi 60-70 million so‘mgacha yetkaziladi. «Bir kontur – bir mahsulot» asosida jami 649,2 gektarda 61 ta namunali ­loyiha amalga oshiriladi. 

«Uychi» tajribasi asosida 150 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun 10,8 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, 2025 yilda 2,4 milliard dollarlik eksport amalga oshirilishi va o‘tgan yilga nisbatan 166 foiz o‘sish ta’minlanishi kerak. Jumladan, sanoat mahsulotlari eksporti 2,2 milliard dollarga, meva-sabzavot eksporti 220 million dollarga yetishi zarur.

Hokimning so‘zlaridan ayon bo‘ldiki, eksport hajmini oshirish viloyatda rivojlanish drayveriga aylangan. Unga ko‘ra eksport hajmi to‘qimachilikda 480 million dollarga, elektrotexnika sanoatida 332 million, qurilish materiallari 200,6 million, oziq-ovqat sanoatida 175,7 million dollarga ko‘payadi. 

Turizm sohasida 2025-2026 yillarda umumiy qiymati 3 milliard 285 million AQSH dollariga teng 265 ta investitsiya loyihasi ishga tushiriladi va 14 ming 487 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Birgina «Chorvoq darvozasi» ­loyihasi bo‘yicha Angren daryosi, Parkentsoy va Chinozning Sirdaryoga tutash sohillarida bir qancha ko‘pqavatli uylar, mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari ishga tushiriladi.

Prezident Bo‘stonliqdaги «Chorvoq darvozasi» loyihasi bilan tanishdi

Bekobod tumanining yangi hokimi Z.Nizomiddinovdan Sirdaryo ustida yangi ko‘prik qurilayotgani, yaqin kelajakda esa Xovos shaharchasidan Бек­obod, Bo‘ka, Piskent, Parkent bo‘ylab quriladigan temiryo‘l haqida eshitganimizda, mamlakat rahbarining tashriflari naqadar serhosil ekanini yana bir karra angladik.

4

Ha, yutuqlarning hammasi Prezident tashriflarining shirin mevalari. Ularning qatoriga 2018 yilgi tashrifdan keyin «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli yirik investitsiya loyihalaridan biri – ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexining ishga tushirilgani, 2021 yilda OKMK tarkibidagi «Yoshlik – 1» koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi va Yuqori Chirchiq tumanida «Astrum» IT akademiyasi o‘z faoliyatini boshlab yuborgani, 2022 yilda Zangiota tumanida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash tashabbusi joriy qilingani, «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparki ochilgani, 2023 yili Ohangaron tumanidagi «Tashkent Konch sement», Quyi Chirchiq tumanidagi «Tashkent kotton tekstil», Yuqori Chirchiq tumanidagi «Aziya Tashkent tekstil», «Salyuб­рис Vita», Angren shahridagi «Анг­рен ­kaolin», «Sentral Aziya Kemikals», Nurafshon shahridagi «Agro Nyu Drip», Chirchiq shahridagi «Sharq Tyubs», Parkent tumanidagi «Samsarak fayz» va «Shabnam Elegant» kabi yirik korxonalarning ishga tushirilgani hamda bu korxonalarda sement, ip-kalava, to‘qimachilik, farmatsevtika, boyitilgan kaolin, kimyo mahsulotlari, tomchilatib sug‘orish шланг­лари, rangli metallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani; 2024 yilda OKMK tarkibidagi «Yoshlik – 1» koni negizida 4-mis boyitish fabrikasiga start berilgani, «Toshkent – Xo‘jakent» yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi boshlangani, viloyat korxonalari tomonidan shu yilning o‘zida 7 507,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgani va bu 2017 yilga nisbatan 7 barobar ko‘pligi, 100 dan ortiq davlat bilan investitsiya va eksport sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, investitsiya dasturlari doirasida 71 ta davlat bilan umumiy qiymati 11,5 milliard dollarga teng 200 dan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirilgani, birgina Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda 4 milliard dollardan ortiq 25 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgani kabilar qo‘shilsa, manzaraning salobati yanada tiniqlashadi. 

5

– Prezidentimiz hamisha «ko‘zga ko‘rinmas» imkoniyatlar ildizini topib, ulardan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rsatib beradilar, – so‘zida davom etadi viloyat hokimi. – Bir kelganlarida xitoylik tadbirkor, «GaIanz» kompaniyasi asoschisi Lyan Chjaosyan haqida so‘zladilar. Dunyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi zavodlardan hisoblangan mazkur kompaniya tashkil топ­gaн 1992 yilda Xitoy ­bo‘yicha hammasi bo‘lib atigi 200 mingta ­mikroto‘lqinli pech chiqarilgan ekan. Oradan ikki yil o‘tgach, kompaniya deyarli 5 ming do‘kondan iborat milliy savdo tarmog‘i barpo qiladi, o‘n yildan keyin kuniga yuz ming ­mikroto‘lqinli pech ishlab chiqara ­boshlaydi. 2013 yilda 4,5 milliard dollardan ortiq daromad olib, qirq ming kishini ish bilan ta’minlaydi. Lyan Chjaosyan 1,01 milliard dollar boylik bilan «G‘orbes»da dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiradi. Bu hikoya viloyatimizdagi juda ko‘p tadbirkorlarga ilhom bag‘ishladi.

2017-2024 yillarda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar viloyat hokimining so‘zlari naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Yana misollarga murojaat qilamiz. 2019 yili Bo‘stonliq tumanida «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti rasman ish boshladi. 2020 yildan viloyatning 6 ta hududi «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirila boshlandi. 2021 yili Parkent tumanining so‘lim go‘shalaridan biri «Kumushkon» mahallasi respublikada birinchi «Turizm qishlog‘i», «Turizm mahallasi» maqomini oldi. 2021 yildan buyon Toshkent viloyati «Xalqaro jeyep sprint» musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Parkent tumanidagi Kumushkon va Chashmaga “turizm qishlog‘i” maqomi бyerилди

Viloyatda o‘tgan 5 yilda 267 ta turizm ob’ekti barpo etilib, sohaga 5,5 trillion so‘m va 156,1 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi.

2024 yili 282 million dollar miqdoridagi 56 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1042 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Viloyatga 16 million 337 ming nafar turist keldi. Ularning 984,2 ming nafari xorijiy turistlardir. Turizm xizmatlari eksporti 390 million AQSH dollariga yetdi.

 Hozir 74 ta oilaviy mehmon uyi hamda mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi 46 ta turistik firmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ohangaronning Ertoshsoy va Ovjazsoy qishloqlariga, Parkentning Chashma, Kumushkon qishloqlariga «turizm қish­лоғи» maqomi berilgan.

Chirchiq davlat pedagogika universitetining turizm fakulteti va Bo‘stonliq turizm va servis kollejida 542 nafar talaba tahsil olmoqda. 2024 yilda ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarning 152 nafari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashtirildi.

Viloyatda turizm дивyerсификация­­си, ya’ni hududlarda turizmning aniq bir yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashuv dasturi qabul qilingan. Unga ko‘ra, Zangiota va Toshkent tumanlarida tibbiyot turizmi, Ohangaron, Piskent, Chinoz va O‘rta Chirchiq tumanlarida ov turizmi, Bo‘stonliq, Parkent tumanlari va Angren shahrida tog‘ ekstremal turizmi, Zangiota, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Nurafshon shaharlarida ­ziyorat turizmi, Bo‘stonliq, Parkent, Chinoz, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Qibray tumanlari va Yangiyo‘l shahrida gastronomik turizmi, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Angren shahrida eko va agro turizmini rivojlantirishga alohida ­e’tibor qaratiladi. 

Suv havzalari bo‘ylaridan turizm maqsadida unumli foydalanish yo‘nalishida «Tuyabo‘g‘iz» suv havzasidagi «TashVegas» oromgohida zamonaviy basseyn va plyaj foydalanishga topshirildi. Nurafshon shahrida sun’iy ko‘l havzasi tashkil etilib, doimiy ravishda tashrif buyuruvchilarga konsert dasturlari va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bo‘stonliq tumanining «Xevens Garden» dam olish maskanida Singapurning «Marina-Bey» suv havzasi andazasi asosida zamonaviy basseyn bunyod etildi. Kichik hajmdagi suv havzalari soni 184 tadan oshib ketdi.

6

Toshkent viloyatini mamlakatimizning eng yirik hududlaridan, dedik. Darhaqiqat, bir tomoni Qozog‘iston, bir tomoni Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari, yana bir tomoni Namangan va Sirdaryo viloyatlariga tutashib ketgan bu zaminning 15 ta tumani va 7 ta shahrida 80 millatga mansub 3 million 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. 

Qurama, Piskom, Ugom, Chotqol kabi tog‘lar atrofida qo‘r to‘kib turgan zaminning Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Qurama tog‘i, Angren-Olmaliq атроф­лари mis, polimetall rudalariga, oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, alyuminiy kabi foydali qazilmalarga, qo‘ng‘ir ko‘mir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati hamda turli xil qurilish materiallariga to‘la.

Viloyatda energetika, mashinasozlik, metallurgiya, ko‘mir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat, to‘qimachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari gurkirab rivojlanmoqda. Bekobod shahridagi «O‘zmetkombinat», Olmaliq shahridagi «OKMK», Angren ko‘mir konlari, Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri kabilarning shuhrati mamlakatimiz tashqarisida ham ma’lum va mashhur.

 Viloyat haqida so‘z borganda, So‘qoqning shashligi, Parkentning mador somsasi, Bo‘kaning choyxona palovi, Пис­кент mantisi, Chinozning qovurib, karsillatib pishirilgan karas balig‘i yoxud ­Bo‘stonliqning «Bochka» mastavasi, ­Qibray halimi, Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanidagi koreys kuksisi kabi noyob taomlarni esga olmaslik mumkin emas. Viloyatdagi har bir millatning o‘ziga xos badiiy jamoalari mavjud. Masalan, Angrenda «Chotqol navolari» xalq folklor-etnografik jamoasi, «Shosh Iloq marjonlari» folklor жамоа­­си va «An’ana» bolalar folklor to‘garaklari bor. Ularda milliy ­qadriyat, urf-odat va an’analar tarannum etilsa, Ohangaron shahridagi «Qurama» folklor-etnografik xalq ansambli va Chirchiq shahridagi «Sug‘diyon» tojik milliy madaniyat markazida turli millatlarga mansub aholining dilbar kuy-qo‘shiqlari kuylanadi.

Parkent tumani Zаркент qishlog‘ida «Сомса сайли» байрам taдbirлари davom  etmoqda

7

Ammo, ta’kidlash kerakki, qadimdan Buyuk Ipak yo‘lidagi ilm-fan, ҳунарманд­чилик, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan bo‘lgan Toshkent viloyatining tarixi hali-hanuz mukammal o‘rganilgan emas. Xo‘jakent yaqinidagi g‘ordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiqlari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganidan dalolat bersa, Yunon, Xitoy va Sharq manbalarida miloddan avvalgi V-II asrlarda ham bu zaminda odamlar istiqomat qilgani aytiladi. Ko‘lbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qo‘shsoydan topilgan qadimiy tosh qurollar yasalgan ustaxona esa viloyat zamini olis-olis zamonlarda ham odamlarning muqaddas manzilgohi bo‘lganidan dalolat beradi.

Chirchiq vodiysidagi Burganli soyidan topilgan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshuqli va quloqli qozonlar, mehnat qurollari miloddan avvalgi asrlarda ham viloyatda rivojlanish bo‘lganini tasdiqlaydi.

Keyinchalik vohada qal’a va shaharchalar ko‘payib ketgani bois bu yerlarga Shosh, ya’ni ming qal’ali davlat ta’rifi beriladi. Ming qal’alarning biri bo‘lgan Oqtepa qo‘rg‘oni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qal’a ilk o‘rta asr shaharlarining arki va shahristoni bo‘lgan.

Hozir viloyatda sayyohlar boradigan 20 ga yaqin mashhur ziyorat manzili bor. Shayx Umar Vali, Avliyosoydagi Ikrima ota, Qadamchi buva, Avliyo Parpi ota, Qirqizobod yoki Qirqqiz momo ziyoratgohlari shular jumlasidandir. 

Umuman, hozir Toshkent viloyatining arxeologik xaritasiga 760 ta ko‘hna manzilgoh, shahar va qishloq xarobalari, qadimgi qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari kiritilgan. Kiritilmagan va o‘rganilmaganlari yana qancha ekani esa ma’lum emas. 

Ma’lumi shuki, O‘zbekiston Prezidentining viloyatga har safargi tashrifida barcha sohalar kabi aziz-avliyolarning qadamjolarini obod qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulug‘ bobolarimiz qo‘llab turgan yurt esa oyma-oy, kunma-kun rivojlanib, yuksalib borayotir.

 

Toshkent viloyati O‘zbekistonning

Ko‘rkam bog‘larida chinor 

                                        bo‘lgaydir.

Dilbar lavhalarni ko‘rgan 

                                             insonning

Qalbi daryo-daryo nurga 

                                             to‘lgaydir.

Chashmalar soylarga bo‘lgaydir                                                         

                                                  yo‘ldosh,

Ro‘yobga chiqqaydir ertaklar, 

                                             tushlar.

Falakda yarqirab nur 

                                         sochgay quyosh,

Bardavom bo‘lgaydir                                         

                                qutlug‘ tashriflar...

 

Abdusaid KO‘CHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi

 Oliy Majlisi Senati a’zosi,

O‘zbekiston Respublikasida 

xizmat ko‘rsatgan yoshlar

murabbiysi

O‘zA

Powered by GSpeech