21 dekabrdan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YEXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisining O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini barqaror rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha Qo'shma loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura Akademiyasi va Advokatlar palatasi vakillarini uchun «Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoni samarali tergov qilish va hujjatlashtirish» mavzuida navbatdagi uch kunlik trening boshlandi.
Trening mashg'ulotlari Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Milliy markazi tomonidan Xalqaro inson huquqlari kuni nishonlanishi munosabati bilan e'lon qilingan "Inson huquqlari oyligi" doirasida tashkil etilmoqda. Tadbir tashkilotchilari Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YEXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi hisoblpnadi.
Treningdan ko'zlangan maqsad – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura Akademiyasi va Advokatlar palatasi vakillarini Istanbul protokolining asosiy qoidalari hamda qiynoqlarni tergov qilish, hujjatlashtirish va sudga berish jarayoni bilan tanishtirishdan iborat.
Trening davomida ishtirokchilar quyidagi masalalarni muhokama qilmoqdalar:
- "Jabr qilma" tamoyilining majburiyatlari;
- tergov, hujjatlarni rasmiylashtirish va qiynoqlarni ta'qib qilish sohasidagi davlatlarning majburiyatlari;
- Istanbul protokolining asosiy qoidalari va tamoyillari;
- Istanbul protokolini kundalik ishda qo'llash;
- qiynoqlarni hujjatlashtirishda o'zaro hamkorlik qilish;
- qiynoqdan omon qolgan odam bilan aloqa qilish qobiliyati.
Trening davomida ishtirokchilar tibbiy-huquqiy hujjatlar, qiynoq turlari va ularning sog'liq uchun oqibatlari, Inson xuquqlari bo'yicha Yevropa sudi va BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi faoliyati bilan tanishadilar.
Maxsus taklif etilgan xalqaro ekspertlar qiynoqlarni tergov qilish va hujjatlashtirish, Istanbul protokoli bo'yicha qiynoqlarni tergov qilishning xalqaro standartlari, qiynoqlarni tergov qilishda mutaxassislarning o'zaro hamkorligi, qiynoqlarning jismoniy va psixologik dalillari to'g'risida atroflicha ma'lumot bermoqda.
Trening ochilishi doirasida «Qiynoqlarni va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoni samarali tergov qilish va hujjatlashtirish (Instanbul protokoli)» qo'llanmasi o'zbek tilidagi nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Trening ishtirokchilari qiynoqlarning oldini olish masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
Xalqaro hamkorlik bo'limi
- Qo'shildi: 22.12.2020
- Ko'rishlar: 3734
- Chop etish