10 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yo‘lida ishonch, muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya – xalqaro hamkorlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
10 dan ortiq mamlakat va 15 ta xalqaro hamda hududiy tashkilotlardan 100 dan ziyod vakillarni to‘plagan forum – Markaziy Osiyoning ikkita yirik daryosi – Amudaryo va Sirdaryo havzalari atrofida istiqomat qiluvchi vakillarni bir platformada birlashtirdi.
Ko‘p tomonlama muloqotda Afg‘oniston delegatsiyasi ilk bor ishtirok etgani Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro konstruktiv muloqotga tayyor ekanligini namoyish etdiki, bu holat alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Anjuman ishtirokchilari ta’kidlaganidek, nafaqat mintaqamiz, balki butun dunyo duch kelayotgan suv taqchilligi xatarlari ortib borayotgan sharoitda suv diplomatiyasi alohida dolzarblik kasb etib, bo‘lib o‘tgan forum nafaqat Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli suv sohasidagi hamkorlikning yuqori dinamikasiga barqarorlik baxsh etadi, balki global suv-iqlim bo‘yicha kun tartibini shakllantirishga muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Masalan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mintaqaviy dasturi rahbari Karolina Milouning fikriga ko‘ra,suv diplomatiyasi iqlim o‘zgarishlari va ortib borayotgan suv stressi sharoitlarida yanada dolzarblik kasb etmoqda.

– Bugungi kunda suv nafaqat shunchaki tabiiy resurs, balki strategik aktiv, hayot manbaidir. Va bu iqlim o‘zgarishi, muzliklarning jadal erishi va ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlari bilan yuzma-yuz kelayotgan Markaziy Osiyoda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayna shuning uchun ham suv diplomatiyasi va suv resurslarini kompleks boshqarish o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda", – deya ta’kidladi u.
Bunda GIZ vakili hamkorlik uchun mavjud salohiyat suv diplomatiyasidan mamlakatlararo ishonchli muloqotni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida foydalanish mumkinligini ta’kidladi. Bunday yondashuv umumiy suv resurslarini mintaqaviy barqarorlikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevorga aylantirishi mumkin.
Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining suv resurslari bo‘yicha maslahatchisi Liza Marina Grammp ham shu haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv diplomatiyasi suv resurslarini boshqarish sohasidagi muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning garovidir. "Mazkur yo‘nalishga ilmiy hamjamiyat vakillarini jalb qilish muhimdir", – deya qayd etdi u.

Delft suv ta’limi institutining suv resusrlarini boshqarish kafedrasi dotsenti Jennifer Zering (Niderlandiya) ham davlat sektori, ilmiy hamjamiyat bilan bir qatorda, "Suv diplomatiyasini targ‘ib etishda fuqarolik jamiyati vakillari, yoshlar, shuningdek, mahalliy aholi ham ishtirok etishi lozim", – deya qayd etdi. "Aynan shunday keng qamrovli yondashuv suv sohasidagi muammolarning mohiyatini tushunib yetish va suv-ekologiya tahdidlarini yengib o‘tish bo‘yicha samarali hamda barqaror yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi", – deydi D.Zering.

Markaziy Osiyoda Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutning (IWMI) mintaqaviy vakili Barbara Yanush-Pavletta ta’kidlashicha, suv bo‘yicha hamkorlik shunchaki suv sohasidagi hamkorlik chegarasidan tashqari chiqadiki, bu hamma tomonlarning manfaatlarini e’tiborga olish va potensial ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgan butun bir strategiyadir, va binobarin, ilmiy yondashuv hamda ishonchli ma’lumotlarni talab etadi. “Aynan ana shunday yondashuv mintaqada yuzaga kelgan, suv sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda katta istiqbol yo‘llarini ochayotgan maqbul siyosiy vaziyat sharoitlarida alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi", – deya qo‘shimcha qildi u.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning suv diplomatiyasini konseptuallashtirish va uni davlatlararo o‘zaro harakatlarning alohtida yo‘nalishgi sifatida ilgari surish bo‘yicha sa’y-harkatlari yuqori baholandi. Shu ma’noda, Barbara Yanush-Pavlettaning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashgan O‘zbekiston mintaqa davlatlari va Afg‘oniston o‘rtasida suv diplomatiyasi bo‘yicha muloqotni ilgari surishda muhim o‘rin tutadi va bunda katta salohiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda bugungi tahdidlar va suv xavfsizligi xatarlari sharoitlarida transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanishga umumiy qarashni shakllantirish, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki global miqyosda suv diplomatiyasini, suv hamkorligining samarali modelini ilgani surish vositasi sifatida rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur kontekstda ekspertlar bugungi kunda suv-iqlim sohasidagi kun tartibi qachonlardir tarqoq Markaziy Osiyo davlatlari omili sifatidagi rolidan mintaqaviy hamkorlikning katalizatoriga aylanganini qayd etishmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan ta’kidlashicha, suv diplomatiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro faol muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U mintaqadagi besh davlat va Afg‘onistonning anjumanda ishtirok etishi muhimligini ta’kidlab, mintaqada suv masalalarini birgalikda hal qilish ochiq inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yishni talab etishini qayd etdi.

Bunda F.Ebert nomidagi jamg‘arma vakili Markaziy Osiyoda mazkur yo‘nalishda yetarli tajriba to‘planganligini ta’kidlab o‘tdi. Suv diplomatiyasi kabi yillar, hatto asrlar davomida rivojlanib kelgan o‘zaro xatti-harakatlar mintaqa mamlakatlari birlashishi uchun asos bo‘lib qolmoqda. Hozir transchegaraviy suv resurslarini boshqarish masalalarini hal qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida mintaqa mamlakatlari va Afg‘oniston uchun qulay vaziyat yuzaga keldi.
O‘z navbatida BMTning Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari o‘rinbosari Filipp Saprikin Markaziy Osiyoda suv sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqada suv kooperatsiyasi uchun maqbul sharoitlar yaratilgan. "Mazkur tadbir va unda ilgari surilgan takliflar suv xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shadi, mintaqa barqarorligi ni barqaror rivojlantirishga yordam beradi".

Afg‘onistonga ko‘mak berish bo‘yicha BMT Missiyasining iqlim, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Cheriti Vatson: "Afg‘onistonning muloqotdagi ishtiroki suv resurslaridan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatlar yo‘lida birgalikda foydalanish sohasida ko‘plab masalalarni hal qilish yo‘lini topish imkonini beradi", – deya ishonch bildirdi.

O‘zA
- Qo'shildi: 14.04.2025
- Ko'rishlar: 252
- Chop etish