Barcha davlat organlari va tashkilotlarining veb saytlari endi gov.uz platformasida yuritiladi

Shu yilning 1-mart sanasidan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yagona platformada yuritiladi. Yangi tashkil etilgan davlat organlari oʻz veb-sayti faoliyatini idora tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yoʻlga qoʻyadi.

Vazirlar Mahkamasida 31-yanvar kuni “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.

Uga koʻra, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Bunda yangi tashkil etilgan davlat organlari oʻzlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yoʻlga qoʻyadi.

Davlat organlari rahbarlari oʻz tuzilmasining rasmiy veb-sayti yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.

Davlat organlari:

— rasmiy veb-sayt yagona platformaga oʻtkazilganidan soʻng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda, yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yoʻnaltiradi yoki ularning faoliyatini toʻxtatadi;
— Yagona platforma operatori bilan yagona platformaga oʻtkazilgan veb-saytlar faoliyatini texnik qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmat koʻrsatishni, shuningdek, tomonlarning huquq va majburiyatlarini oʻz ichiga oluvchi shartnomani tuzish choralarini koʻradi.

“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda yagona platformani har olti oyda begʻaraz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazib borsin hamda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.

 

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech