Sun’iy intellektning ilm-fandagi o‘rni (+video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida, jumladan, ikki davlat o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zAning navbatdagi suhbatdoshi – “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farruh Hakimov ayni mavzuni tahlil qiladi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari Abu-Dabi, Dubay shaharlarida tashkil etilgan muzokara va учрашувларда BAAning yetakchi kompaniyalari bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish va turli sohalarga muvaffaqiyatli joriy etishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xususan, генератив sun’iy intellektni ishlab chiqish, jumladan energetika sohasida “katta til modellari”ni qo‘llash, Toshkentda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Generativ sun’iy intellekt (GenAI) – matn, tasvir va birlashtirilgan media kontentni uyg‘unlashtirish texnologiyasi.

“Katta til modellari” – hajmi katta yorliqsiz matnga o‘rgatilgan, ko‘plab parametrli, odatda milliardlab neyron tarmoqdan tashkil topgan til modeli.

Bugungi kunda sun’iy intellekt barcha jabhalarni qamrab olmoqda. Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan sharoitda rivojlangan mamlakatlarda davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq ho‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm kabi muhim sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va SI imkoniyatidan keng foydalanish urfga kirmoqda.

Yurtimizda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomilini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan.

Sun’iy intellektning o‘zi nima?

Zamonaviy sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm va dasturiy tizimlardan iborat bo‘lib, inson ongi bajara oladigan qator vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan ma’lumot asosida yechadi. Shuningdek, murakkab tahlil va ko‘p ma’lumot bilan ishlovchi dasturlarni birlashtirib, mantiqiy izchil mulohaza yuritish hamda tavsiya berish qobiliyatiga ega “aqlli” texnologiya hisoblanadi. Mutaxassislar SIni to‘rtinchi sanoat inqilobi asosi sifatida baholamoqda.

BAAga oliy darajadagi tashrif davomida bevosita sun’iy intellekt, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya, yangi texnologiyalarni yashil iqtisodiyotda qo‘llash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Eng maqbul tajribani  qo‘llash, texnologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti bilan birga ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini ishga tushirish, texnologiya klasterlari tashkil etish va kontaktsiz to‘lov amaliyoti uchun innovatsion yechimlar joriy etish rejalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Muharrama Pirmatova,

Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA

Powered by GSpeech