Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga olish tartibi qanday? (+video)

Bolalarni muqobil joylashtirish shakllari vasiylik va homiylik, bolani farzandlikka olish, tutingan (foster) oila (bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat), oilaviy bolalar uyi) va ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalarini o‘z ichiga oladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bolalarni tarbiyaga olishni xohlovchi shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza (er-xotin birgalikda berishi zarur, YAIDXP orqali ariza yuborilsa, rozilik biometrik tasdiqlanadi), sog‘lik holati haqida davlat muassasasidan xulosa, sil va teri-tanosil dispanseridan ma’lumotnoma hamda farzandlikka olish yoki tutingan ota-ona bo‘lish uchun tayyorlov kursi sertifikatini taqdim etishi kerak. 

Endilikda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlar, nikoh to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (agar nikohda bo‘lsa), sudlanganlik holati haqida ma’lumotnoma, turar joy huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, oila yoki shaxsning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud qonunchilikka muvofiq “Inson” markazlari tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan bolalar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilnoza Husanova mazkur tartib xususida quyidagilarni gapirib berdi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Powered by GSpeech