Tez-tez beriladigan savollar va javoblar

Savol

Qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum etilishi mumkin?

 

Javob

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasida ko‘ra:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Savol

Mamuriy javobgarlika tortilgan shaxs sudlangan hisoblanadimi?

 

Javob

Sudlangan hisoblanmaydi. O‘zbekiston Ruspublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga muvofiq, basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 77-moddasi ko‘ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir.

Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi qayd etilgan.

Savol

Fuqarolar qanday holatlarni muomalaga layoqatsiz deb topiladi?

 

Javob

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanishi qayd etilgan.

Powered by GSpeech