Atrof-muhit muhofazasi – insoniyat kelajagi garovi

Inson yaralibdiki, tirik organizm va jismoniy muhit o‘rtasidagi munosabatni tushunishga intilib keladi.

O‘tmishdan juda dolzarb bo‘lib kelgan o‘simlik va hayvonot hamda tabiiy dunyo o‘rtasidagi bog‘liqlik naqadar muhimligini anglash hamon diqqat markazida. Zero, sog‘lom muhitni kelajak avlod uchun asrash, Yer resurslaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanish bashariyat omon qolishi shartidir. Binobarin, bugungi global iqtisodiyot ham qat’iy ekologik standartga rioya qilishni talab etmoqda.

“The Lancet Planetary Health” jurnalida chop etilgan hisobotda tabiat ifloslanishi kasalliklar va erta o‘limga olib keladigan eng katta ekologik xavf omiliga aylangani ta’kidlangan. Olimlar fikricha, atrof-muhit buzilishi har yili dunyo bo‘ylab qayd etiladigan o‘limning oltidan biriga sabab bo‘lmoqda. Mazkur muammo global iqtisodiyotga bir necha trillion  dollar zarar keltirmoqda.

Tadqiqot ko‘rsatdiki, maishiy ifloslanishdan o‘lim darajasi pasayishi kuzatilayotgan bir paytda havo sifati yomonlashuvi, xususan sanoat chiqindisi, jumladan havo tarkibida zaharli kimyoviy moddalar ortib borishi o‘limni sezilarli darajada ko‘paytirmoqda.

Топик Environmental protection | Сочинеniе Защита окружающей среды на  английском языке

Havo ifloslanishi, nazoratsiz sanoatlashtirish va urbanizatsiya oqibati har yili 6,5 milliondan ko‘p insonning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich 2000 yildan buyon 66 foiz oshdi. Mutaxassislar ifloslanish bilan bog‘liq o‘lim ko‘payishini aholi o‘sishi, qazilma yonilg‘i zahri, tegishli milliy yoki xalqaro kimyoviy siyosat yo‘qligi bilan izohlaydi.

– Ifloslanish inson salomatligi, sayyoramiz tozaligiga, zamonaviy jamiyat barqarorligiga jiddiy tahdid soladi, – deydi tadqiqot mualliflaridan biri, “Pure Earth” global notijorat tashkiloti rahbari Richard Fuller. – Biz qozonda o‘tirib, sekin yonyapmiz.

Hisobot mualliflari atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holatini kamaytirish bo‘yicha tavsiya berarkan, yanada jiddiy kuzatuv olib borish, yaxshiroq hisobot tayyorlash, davlat tomonidan sanoat va transportni yanada samarali tartibga solish zarurligini ta’kidlaydi.

⇒ ДАВЛАТ ДАСТУРИ АМАЛДА: ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА АТРОФ ТАБИИЙ МУҲИТ  МОНИТОРИНГИ ДАСТУРИ ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

Ma’lumki, atrof-muhit tozaligi, deganda birinchi navbatda musaffo tabiat – marvarid tomchilarini havoga sachratayotgan favvoralar,  tip-tiniq ko‘rinadigan ko‘llar, kumushdek tovlanib oqayotgan daryolar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Aslida ham shunday: tabiat musaffoligi biz iste’mol qilayotgan obi-hayotning tozaligi, serobligi bilan o‘lchanadi. Taassufki, ayni yo‘nalishda insoniyatni xavotirga solayotgan jihatlar yetarli. Bir so‘z bilan aytganda, sayyoramizda global suv inqirozi ham anchayin chuqurlashgan.

Masalan, yaqinda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (G‘AO) tomonidan e’lon qilingan “AQUASTAT” ma’lumotlar bazasi sharhiga ko‘ra, aholi jon boshiga qayta tiklanadigan suv resurslari kamayishda davom etib, so‘nggi o‘n yilda 7 foiz kamaygan. Bu muammo eng avvalo tabiiy gidrologik sikl orqali har yili yangilanadigan chuchuk suv resurslariga tegishli.

Топ самых загрязненных мест на планете

G‘AO ma’lumotida Markaziy Osiyo 2015 yildan keyin aholi jon boshiga hisoblaganda qayta tiklanadigan suv resurslarining 12 foizini yo‘qotdi. Bu o‘ta tashvishlanarli ko‘rsatkich.

Suv tanqisligini o‘lchash uchun G‘AO mutaxassislari “suv stressi”, ya’ni suv resurslariga tushadigan stress darajasi nomli ko‘rsatkichdan foydalanadilar. Bu olinadigan suvning mavjud zaxiraga nisbatini aks ettiradi. Markaziy Osiyo suvdan foydalanish naqshi tufayli tanqislikka duch kelyapti: mintaqamiz suvning 82 foizini agrar soha uchun ishlatyapti. Ko‘rinib turibdiki, qishloq xo‘jaligi dunyo bo‘ylab eng ko‘p suv iste’mol qiluvchi yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

G‘AO hisob-kitobiga ko‘ra, bir necha mintaqa, jumladan Markaziy Osiyoda ham suvdan foydalanish samaradorligi kuzatilyapti. Afsuski, ko‘pgina qurg‘oqchil mintaqalardagi yuqori darajali stress uzoq muddatli moslashuv va barqaror boshqaruv zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan mintaqamiz, xususan O‘zbekistonda atrof-muhitni asrab-avaylash, suvni tejash, yer resurslaridan samarali foydalanish davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosatning muhim yo‘nalishiga aylangani bejiz emas. Zotan, Prezidentimiz doimiy ravishda xalqaro minbarlarda Markaziy Osiyo, xususan Orol dengizi bo‘yida yuzaga kelgan ekologik vaziyatga dunyo jamoatchiligi e’tiborini qaratmoqda. Mintaqamizda atrof-muhit tozaligini saqlash, Yer, suv, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Ma’lumki, respublikamizda 2021-2025 yillarda atrof-muhit monitoringi dasturi tasdiqlangan. Mazkur ҳужжат atrof-muhit ifloslanishi darajasini baholash mexanizmini takomillashtirish, tabiatni kuzatish, ifloslanish darajasini taxmin qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta’siri monitoringini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atrof-tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot  instituti tashkil этилади – Ўзбекистон янгиликлари – Gazeta

Dasturda suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqni ifloslantiruvchi manbalar ko‘rsatilgan. Ayni jarayon atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvi hamda yer ifloslanishi, xavfli ekzogen geologik jarayon, ko‘llar ekotizimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari hamda atrof-muhit transchegaraviy ifloslanishini kuzatib borishni nazarda tutadi.

Shu maqsadda tahlil laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘lchov-nazorat asbob-uskunalarini takomillashtirish, ilmiy ish olib borish, innovatsion tadbirlar amalga oshirish  vazifalari belgilangan.

Qolaversa, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ va Suv xo‘jaligi vazirligiga ichimlik suv havzalaridagi suv sifatini o‘rganish, obi hayot ifloslanishining oldini olish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va bartaraf etish, mikrobiologik va sanitariya ko‘rsatkichi bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazish topshirildi.

Gidrometereologiya xizmati markaziga respublikadagi 22 shahar va boshqa aholi manzillarida joylashgan 61 turg‘un maskanda atmosfera havosi sifati bo‘yicha kunlik hamda mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha oylik kuzatish olib borilishini ta’minlash topshirildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutining  nomi o'zgartiriladi. | Toshkent farmatsevtika instituti

Bundan tashqari qarorda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (AMTIT)ni tashkil etish  ko‘zda tutilgan. Mazkur ilmiy dargoh юртимизда ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradigan muhim muvofiqlashtiruvchi muassasa bo‘ladi. Institut oldiga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ushbu salbiy holatning ta’sirini kamaytirish maqsadida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish vazifasi qo‘yildi. Ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish, joriy etish va amaliyotda keng qo‘llash, Sohadagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy kengashlar tuzish orqali yo‘naltirish, mavjud me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga ko‘maklashish kabi qator dolzarb vazifalar ham belgilab berildi.

Mazkur sa’y-harakatlar O‘zbekistonning ekologik xavfsizlik siyosati ko‘lami kengayib borayotgani dalili bo‘lib, davlat sektorini ham, xususiy shaxslarning ham mas’ulligini oshirishga qaratilgan.

Xulosa shuki, Prezident tomonidan belgilab berilgan atrof-muhitni muhofaza qilish choralari nafaqat respublikamiz, balki butun Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shadi.

Saidmurod Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech