Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi:
- avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
- ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
Shuningdek, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) faqat jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lgani, voyaga yetmagani yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 11.07.2025
- Ko'rishlar: 199
- Chop etish