O‘tgan yil dunyo bo‘ylab migratsiya yo‘llarida 8938 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) xabar berdi.
– 2024 rekord darajadagi eng halokatli yil bo‘ldi, – deyilgan hisobotda. – 2023 yil 8,747 muhojirning o‘limi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yil migratsiya yo‘llarida o‘lim holati ko‘payishi tendensiyasi saqlanib qolgan.
XMT Bosh direktorining amaliyot bo‘yicha o‘rinbosari Ugochi Deniels fikricha, dunyo bo‘ylab ortib borayotgan mazkur qabul qilib bo‘lmaydigan fojianing oldini olish mumkin. Ko‘plab mintaqalarda kuzatilayotgan bu yo‘qotishlarni kamaytirish uchun xalqaro choralar ko‘rish zarur.
O‘zA
- Qo'shildi: 24.03.2025
- Ko'rishlar: 353
- Chop etish