Bolalar ombudsmani: soʻnggi olti oy ichida bolalarga nisbatan 60 ta zoʻravonlik holati aniqlandi

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili oʻtgan yarim yil davomida bolalar huquqlarining buzilishi boʻyicha murojaatlar statistikasini eʼlon qildi.

Bolalar ombudsmani xabariga koʻra, Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga kelgan 885 ta murojaat koʻrib chiqildi. (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan). 20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yoʻllangan.

Internet tarmogʻi monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zoʻravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.

Ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar boʻyicha 5 nafar bola xorijdan Oʻzbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola oʻz yurtiga, Rossiyaga qaytarilishiga erishildi.

RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga boʻlib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar taʼminlanib, soʻng Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Bolalar ombudsmani 2025-yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul oʻtkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati koʻrib chiqildi. Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech