JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga koʻra, dunyo boʻyicha har olti kishidan biri yolgʻizlikdan aziyat chekmoqda.

Bu holat ularning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, erta oʻlim koʻrsatkichlari ortishiga olib kelyapti.

Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan koʻz yummoqda. Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb taʼrif berdi.

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, 13 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan aholi vakillaridan 17-21 foizi oʻzini yolgʻiz his qiladi. Eng yuqori koʻrsatkichlar oʻsmirlar orasida qayd etilyapti.

Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi oʻzini yolgʻiz, deb hisoblaydi. Bu — yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan (11 foiz atrofida) ikki baravar yuqori koʻrsatkich.

Shundan kelib chiqib, JSST barcha davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.

Kun.uz

Powered by GSpeech