Lancet Public Health ilmiy jurnalida yangi tadqiqot - 2014-2025-yillarda ilmiy jurnallarda chop etilgan qadamlar va salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi maqolalarning tizimli sharhi va meta-tahlili chop etildi.
Ushbu mavzu bo‘yicha oldingi tadqiqotlar yurak salomatligi va o‘limga qaratilgan bo‘lsa, yangi nashr mualliflari bosib o‘tilgan qadamlar soni bir qator kasalliklarning rivojlanish xavfiga qanday ta’sir qilishi haqidagi savolga javob berishga harakat qilishdi.
Maqolada jami 160 mingdan ortiq kishining salomatligi va bosib o‘tgan qadamlari haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.
Nashr mualliflari kuniga 7 ming qadam - kuniga 2 ming qadam bilan solishtirganda - demensiya (38 foizga), yurak-qon tomir kasalliklari (25 foizga), depressiya (22 foizga), ikkinchi turdagi diabet (14 foizga) va saraton (6 foizga) xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»