“Inson huquqlari haftaligi”da sudya va talaba yoshlar uchrashdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyalarining tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar hamda universitet o‘qituvchilari ishtirokida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida “Sudya va yoshlar” targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida Prezidentning 2023 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, mazkur hujjat asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi”ning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar, ayni jarayonda talabalarning faol ishtiroki yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Universitet o‘qituvchilari va talabalar ham inson huquqlarini so‘zsiz ta’minlashining ahamiyati va bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida universitetining alohida tashkil etilgan sud zalida talablar uchun sayyor sud majlislari o‘tkazilgani esa alohida ahamiyat kasb etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi

Hudud24.uz

 

Powered by GSpeech