Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Inson huquqlari xaftaligi” doirasida shaxsiy tarkibning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiya holatlarining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi raisi Doniyorxo‘ja Maxamatov ishtirokida «Inson huquqlari - oliy qadriyat» mavzusida muloqot tashkil etildi.

Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya inson hayoti mobaynida davom etadigan va turli yoshdagilarga tegishli bo‘lgan jarayon ekanligi shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida qabul qilinganini alohida ta’kidlandi.

Zero, bugunning navqiron avlodiga zamonaviy ilm-fan sirlarini o‘rgatish, sifatli ta’lim berishga safarbar etilgan barcha ustozlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklash barobarida yoshlarning milliy an’analarimizga sodiq, komil inson bo‘lib yetishishlari esa butun jamiyat uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali

 

Powered by GSpeech