29 mart kuni Buxoro shahrida boshlangan “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi o‘quv kursi boshlandi.
O‘quv kursi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, Buxoro viloyati prokuraturasi va ichki ishlar tizimi xodimlari ishtirok etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 29.03.2023
- Ko'rishlar: 3737
- Chop etish