Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

- Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

-Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.

Agar huquqbuzar o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat ishlari o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajariladi.

- Haq to‘lanadigan jamoat ishlari quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

  • pensiya yoshiga yetgan shaxslarga;
  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
  • homilador ayollarga;
  • 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
  • doimiy ishga ega shaxslarga;
  • harbiy xizmatchilarga.

- Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosiga aliment to‘lash majburiyati bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ma’muriy tartibda chiqarib yuborilmaydi.

Shahvoniy shilqimlik qilganlik uchun javobgarlik bergilandi.

- Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi mumkin.

- Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (47-4-modda), ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (47-5-modda) kabi ma’muriy qilmishlar quyidagi javobgarliklar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

  • 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga;
  • 120 soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga;
  • ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravari miqdorida jarima solishga.

- Shuningdek, ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

- Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanib, mazkur huquqbuzarlik BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

-Shuningdek, xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘orda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi.

Huquqiy axborot Telegram kanali

Powered by GSpeech