Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar turli soha vakillari qatorida olimlar hayotida ham ulkan yangilanishlarga asos bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil etilgan tadbirda ana shular haqida batafsil so‘z yuritildi.
– Konstitutsiyani yangilashga, kelajagimizni huquqiy kafolatlashga hayotiy zarurat tug‘ilgan edi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari Abdumannop To‘laganov. – O‘zbekiston aholisi 2040 yilga borib 50 milliongacha ko‘payishi taxmin qilinyapti. Aholimizning ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularning kelajagini ta’minlash uchun o‘ziga xos huquqiy poydevorni yaratishimiz zarur. Bundan tashqari xavfsiz davlat, kuchli ijtimoiy himoyaga ega bo‘lgan davlat, huquqiy davlat kabi tushunchalarni ham Konstitutsiyada mustahkamlash vazifasi oldimizda turibdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 61-moddasida madaniy, tarixiy, ilmiy va tabiiy meroslarni saqlashga mas’ullik masalasi belgilanayotganini tadbir ishtirokchilari mamnuniyat bilan qayd etdi. «O‘zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy taraqqiyoti» mavzuida ma’ruza tinglandi.
Akademiya qoshidagi institut mutasaddilari va mutaxassislari hamda yosh olimlarning Konstitutsiya va referendum borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
N.Rahmonova,
O‘zA
- Qo'shildi: 13.04.2023
- Ko'rishlar: 3843
- Chop etish