Akmal SAIDOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari:

Yangilanayotgan Konstitutsiya matni bir guruh olim, mutaxassislar tomonidan emas, balki xalqning, keng jamoatchilikning taklifi va fikri asosida ishlab chiqildi. Konstitutsiyaviy islohotlarning dastlabki ikki bosqichda xalqning fikri, takliflari o‘rganildi va shu asosda Bosh qomus loyihasi tayyorlangani Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi.

Powered by GSpeech