Yangilanayotgan Konstitutsiya borasida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Konstitutsiyaviy islohotlarning mohiyati va ahamiyati: Yangi O‘zbekiston – yangilanayotgan Konstitutsiya» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, xalqaro ekspertlar, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro davra suhbatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berdi:  

– Yangilanayotgan Konstitutsiya umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur muhokama davrida dastlab 150 ming, keyinchalik muhokamalar davom ettirilgani natijasida 220 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Takliflarning 70 foizi yoshlar tomonidan taqdim etilgan. Ya’ni, Konstitutsiya loyihasi matni bir guruh olim, mutaxassislar tomonidan emas, balki xalqning, keng jamoatchilikning taklifi va fikri asosida ishlab chiqildi. Konstitutsiyaviy islohotlarning dastlabki ikki bosqichida xalqning fikri, takliflari o‘rganildi. Muhokamalarda faol ishtirok etgan 200 ga yaqin fuqarolarga tashakkurnomalar yuborildi. Umumxalq muhokamasi asosida Bosh qomus loyihasi tayyorlangani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi, – dedi A.Saidov.  

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’ruza qilib, Konstitutsiyaviy islohotlarning borishi xususida batafsil ma’lumot berdi:  

Powered by GSpeech