Tataristonlik ekspertga O‘zbekiston Konstitutsiyaviy komissiya raisi minnatdorlik maktubi topshirildi

 QOZON, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev konstitutsiyaviy huquq sohasidagi xorijlik ekspert – Tatariston Respublikasi faxriy huquqshunosi, Qozon federal universitetining Konstitutsiyaviy va maʼmuriy huquq kafedrasi mudiri, huquqshunoslik fanlari doktori Yevgeniy Sultanovga O‘zbekiston Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov nomidan yo‘llangan minnatdorlik maktubini tantanali ravishda topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘z navbatida, Yevgeniy Sultanov ham buning uchun minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekistonning Konstitutsiyasini tayyorlashda ekspert sifatida taklif qilinganligini mamnuniyat bilan tilga olgani barobarida  ishlash uchun yaratib berilgan sharoitlarni nihoyatda yuqori baho berdi.

U O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan ayrim moddalar jahon amaliyotida juda ilg‘or huquqiy meʼyorlar hisoblanishini alohida taʼkidladi.

Powered by GSpeech