Jizzaxda 60 nafar tinglovchi qiynoqqa qarshi kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi

25-26 iyul kunlari Jizzax viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda viloyat prokuraturasidan 10 nafar va ichki ishlar tizimidan 50 nafar xodim tinglovchi sifatida qatnashdi.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi. 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi B.Xudoyberdiev, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori A.To‘laganov, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kafedra mudiri, dotsent  M.Suvonqulov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik Q.Qodirov ma’ruzalari tinglandi.

Mashg‘ulotlarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent F.Hayitboyev va Milliy markaz bosh mutaxassisi D.Rashidova ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech