Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 75 yilligiga bag‘ishlanadi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan "Inson huquqlari — kelajak avlodlar uchun" mavzusida viktorina o‘tkaziladi.

Viktorina 2023 yil 14 avgust kuni soat 11:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!

Ishtirokchilar yoshlar huquqi sohasiga oid jami 15 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) to‘g‘ri javob topishlari kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib Youtube (https://www.youtube.com/NHRCuz) kanalida "Randomus randomayzer" onlayn dasturi  asosida  aniqlanadi.

G‘oliblar sovg‘a va huquqiy adabiyotlar hamda sertifikat bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob berib, g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Powered by GSpeech