Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

STRATEGIK SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN KENG IMKONIYAT

 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-20 avgust kunlari Vengriyaga amaliy tashrifi xalqaro ekspertlar diqqat markazida bo‘ldi.

 Van Xan,“Chen Kun” biznes maktabi loyiha rahbari (Xitoy):

— Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston keyingi yillarda barcha davlatlar bilan savdoiqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Buning sharofati bilan Yevropa yo‘nalishidagi hamkorlikda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilyapti.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning2022yil21-22iyunkunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi, chunki unda ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari 2022 yil sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi doirasida Samarqand shahrida ham uchrashdilar, unda raislik qilayotgan mamlakatning faxriy mehmoni sifatida Prezident Ilhom Aliyev ishtirok etdi. O‘sha yili 10-11 noyabr kunlari Prezident Ilhom Aliyev rafiqasi, birinchi vitse-prezident Mehribon Aliyeva bilan birgalikda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Joriy yil 1-2 mart kunlari bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi ishtiroki doirasida ikki mamlakat Prezidentlari Bokuda uchrashdilar. 2017 yildan buyon oliy darajadagi muloqotning faollashuvi delegatsiyalar almashuvi jadallashishiga ko‘maklashmoqda. 6 yil davomida tomonlarning 70 dan ortiq yuqori darajadagi tashrif almashuvi bo‘lib o‘tdi.

Parlamentlararo hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. 2020 yili ikki mamlakat qonun  chiqaruvchi  organlari — O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ozarbayjon Milliy Majlisida parlamentlararo hamkorlik guruhlari tuzildi. 2022 yilda ikki mamlakat parlamentlari palatalarining raislari va spikerlarining o‘zaro tashriflari bo‘lib o‘tdi, tashriflar davomida ular O‘zbekiston Prezidenti va Ozarbayjon Prezidenti tomonidan ham qabul qilindi.

Parlamentlar vakillari O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Prezident va parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik turli tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.

2016 yil sentyabr oyidan buyon ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yettita uchrashuv o‘tkazildi.

2022 yil 1 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama yig‘ilishi tashkil etildi, uning yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, MDH va Qo‘shilmaslik harakati doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgani barobarida bir-birining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon BMTning xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalar, jumladan, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, yadro qurolini tarqatmaslik rejimini mustahkamlash, inson huquqlari himoyasi, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘xshash nuqtai nazarlarga ega.

Ozarbayjon O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash (2018), diniy bag‘rikenglik (2018), sayyohlikni rivojlantirish (2019), Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish (2021), Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash (2022), Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish (2022) bo‘yicha qabul qilingan rezolyusiyalarni qo‘llab-quvvatladi va hammuallif bo‘ldi.

Shuningdek, Ozarbayjon Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi 2023 yilda Samarqand shahri o‘tkazilishi uchun uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon boshqa davlatlar bilan birgalikda YuNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga to‘rtta ko‘p millatli faylni — Navro‘z (2016), Miniatyura san’ati (2020), Ipakchilik va to‘qish uchun an’anaviy ipak ishlab chiqarish, Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an’analarini (2022) kiritdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aloqalari erkin savdo rejimida amalga oshirilmoqda. 1998 yilda tuzilgan Hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning samarali mexanizmi hisoblanadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2016 yildan buyon 6 barobar oshdi, 2022 yil yakunlari bo‘yicha 180 million dollardan ziyodni tashkil etdi. Joriy yilda ham savdo aylanmasi o‘sishda davom etdi — 2023 yilning 7 oyi davomida bu ko‘rsatkich 144 million dollarga yetdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 203 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari savdo, mashinasozlik, metallga ishlov berish, moliya va sug‘urta, ko‘chmas mulk, energetika, xizmatlar, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va yengil sanoatni qamrab olgan.

2020 yili tashkil etilgan O‘zbekiston — Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani holda muntazam ravishda turli yig‘ilishlar o‘tkazmoqda.

Joriy yil fevral oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadigan investitsiya jamg‘armasini tuzdi. Jamg‘arma mablag‘lari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

2021 yildan buyon ikki mamlakat tadbirkorlari kooperatsiya aloqalari va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan biznes forumlar va ko‘rgazmalar doirasida bir necha marotaba uchrashdi. Ularning yakunlari bo‘yicha o‘n millionlab AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi.

Transport sohasi O‘zbekiston va Ozarbayjonning iqtisodiy ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘z salohiyatlarini teran anglagan holda Markaziy Osiyo va Kavkazning markaziy xabiga aylanish uchun milliy va mintaqaviy darajadagi sa’y-harakatlarni hayotga tatbiq etmoqda.

Bunday sharoitda mamlakatlarimizning ushbu ikki mintaqani bog‘laydigan transport yo‘laklarini rivojlantirishga intilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘zaro yuk tashish hajmini ko‘paytiradi va nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqa miqyosida tranzit salohiyatini oshiradi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik ham sezilarli darajada faollashdi. Hozirgi kunda Bokudan Toshkent, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari amalga oshirilmoqda. Mintaqaviy delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Joriy yil fevral oyida Toshkentda O‘zbekiston — Ozarbayjon mintaqalarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Samarqand va Ganja, Xiva va Shusha, Buxoro va Lankaron, Qo‘qon va Sheki shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida “O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini birlashtiruvchi asosiy qadriyat — bu madaniyatdir”, deya ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy aloqalar chuqur tarixiy ildizlarga ega. O‘zaro aloqalar asrlar davomida rivojlana borib, g‘oyaviylik va mohiyat nuqtai nazaridan bir-biriga hamohang, shakl va mazmun jihatidan uyg‘unlik kasb etgan. O‘zbek va ozarbayjon xalqlarining atoqli namoyandalari jahon madaniyati, ilm-fani va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ikki xalq adabiyotining buyuk namoyandalari — Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy nomlari va bebaho merosi O‘zbekiston va Ozarbayjonda behad e’zozlanadi, avaylab asraladi va chuqur o‘rganiladi. Ikki davlat poytaxtlarida Alisher Navoiy (Boku) va Nizomiy Ganjaviy (Toshkent) haykallari o‘rnatilgan.

Umuman, har ikki mamlakatda o‘tkaziladigan turli madaniy va boshqa tadbirlarda ishtirok etadigan, shu jumladan, yuqori darajadagi delegatsiyalarning o‘zaro almashuvlari muntazamlik kasb etgan. Bular musiqa festivallari, o‘zbek va ozar xalqlarining buyuk ajdodlari ijodi va merosiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, kino va madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar va boshqalardir.

Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda, avgust oyi boshida Bokuda katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘ldi. Dasturdan O‘zbekiston va Ozarbayjonning mashhur san’atkorlari ishtirokidagi katta konsert, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar joy oldi, ular Ozarbayjon jamoatchiligi tomonidan cheksiz iliqlik va samimiyat bilan qarshilandi.

Joriy yil aprel-may oylarida mamlakatimizda O‘zbekiston — Ozarbayjon munosabatlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Ozarbayjonning umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ozar millatiga mansub yurtdoshlarimiz ham xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. O‘z madaniyati va an’analarini avaylab asrash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, dinlararo muloqotni kengaytirish, ta’lim va yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularga 2003 yili tuzilgan Ozarbayjon Madaniy markazlari uyushmasi, shuningdek, Ozarbayjon madaniyati markazi yaqindan ko‘maklashmoqda.

Bugun komil ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston va Ozarbayjonning qardoshlik aloqalari kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lib qoladi.

 «Dunyo» AA

Powered by GSpeech