Bu sammitlarda Prezidentimiz qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surishi, mintaqada savdo-iqtisodiy, transport-logistika aloqalarini, “yashil” iqtisodiyot va energetika, suv va ekologiya sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash, iqlim o'zgarishlarining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish kabi masalalar yuzasidan o'z nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari keyingi haftada Amerika Qo'shma SHtatlariga tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zlaydi.
Prezidentimiz xalqaro hamjamiyatni nafaqat yurtimizdagi islohotlar jarayoni, inson huquqlari, ijtimoiy-siyosiy modernizatsiya sohalarida erishilgan natijalar bilan tanishtiradilar, balki ham mintaqaviy, ham global ahamiyatga ega qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda
Bundan tashqari, O'zbekiston etakchisi tashrif doirasida AQSH Prezidentining taklifiga binoan o'tkaziladigan “S5+1” formatidagi AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati