Ayni payt Toshkent shahridagi Xalqaro biznes markazida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari va imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirokini kengaytirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida ishlab chiqilgan BMT Bosh Assambleyasining “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolar va fuqarolik jamiyati ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya loyihasi hamda O‘zbekistonning 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalari bajarilishida fuqarolik jamiyati institutlari va imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Qayd etish kerak, mazkur forum mamlakatimiz parlamenti har ikki palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi” doirasida tashkil etildi.


Anjuman xususidagi batafsil ma’lumotlarni O‘zAda kuzatib borishingiz mumkin.
B.Xudoyberdiyev,
O‘zA
- Qo'shildi: 24.11.2023
- Ko'rishlar: 2996
- Chop etish