Avval xabar berganimizdek, Qonunchilik palatasida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oya asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan Arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar diplomatik korpuslari vakillari, jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov ham ishtirok etib, mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan tabrikladi.
Elchi B.Atamqulov tadbir doirasida ko‘rgazmadagi eksponatlar, parlament kutubxonasi faoliyati hamda Qonunchilik palatasi muzeyidagi eksponatlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
- Qo'shildi: 04.12.2023
- Ko'rishlar: 2990
- Chop etish