Konstitutsiya faxrimiz—milliy g'ururimiz

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya faxrimiz—milliy g'ururimiz" deb nomlangan anjumanga Rektor boshchiligida soha prorektorlari, dekanlar, bo’lim boshliqlari, hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari akademik Saidov Akmal Xolmatovich tashrif buyurib ma'ruza qildi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizni xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Powered by GSpeech