Yangi “Chingiz Aytmatov. Asarlar” 10 jildlik to‘plam taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Turon kutubxonasida AOKA tashabbusi bilan O‘zbekiston nashriyotida atoqli adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan chop etilgan 10 jildlik “Chingiz Aytmatov.Asarlar” to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda adiblar, noshirlar, axborot-kutubxona markazlari xodimlari, jamoat va davlat tashkilotlari rahbarlari, OAV va jamoatchilik vakillari, shuningdek, turli yoshdagi adabiyot muxlislari ishtirok etdi.

Tadbirda to‘plam “Armug‘on” nomli turkumning ilk nashri sifatida chop etilgani, shuningdek, o‘zbekistonlik mashhur olimlar, adiblar, davlat va jamoat arboblari, akademiklarning Chingiz Aytmatov haqidagi maqolalari ilova qilingani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, to‘plamda Chingiz Aytmatov ijodiy merosining turli janr va yo‘nalishlarida yaratilgan deyarli barcha asosiy asarlari qamrab olingan.

Taqdimot doirasida Kutubxona tomonidan betakror ijodkor Ch.Aytmatovning qalamiga mansub kitoblarning retrospektiv ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 10 jildlik “Chingiz Aytmatov” Asarlar.” to‘plami, o‘zbek tilida, lotin alifbosida har bir jildi 1000 nusxadan chop etilgan.

Nashrning ilk nusxalari Chingiz Aytmatov Universiteti hamda Qirg‘iziston Milliy kutubxonasiga tuhfa etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali

 

Powered by GSpeech