Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Bolalar ombudsmani institutining taşkil etilişi: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazida Sultonov Nodirbek Böston öğlining «Bolalar ombudsmani institutining taşkil etilişi: xalqaro amaliyot va milliy tajriba» mavzusidagi dissertatsiya işi himoyasi bölib ötdi. Tadqiqot 12.00.13 – «Inson huquqlari» ixtisosligi böyiça yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun taqdim etildi.

Dissertatsiya bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişning institutsional mexanizmlarini takomillaştiriş, Bolalar ombudsmani institutining şakllanişi va rivojlaniş qonuniyatlarini tadqiq qiliş, şuningdek, uning faoliyatini xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillaştirişga qaratilgan. Tadqiqotda bolalar huquqlarini himoya qilişning tarixiy-huquqiy asoslari, BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasi, Parij prinsiplari hamda Bolalar ombudsmani faoliyatiga oid xalqaro standartlar kompleks tahlil qilingan.

Şuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilişda parlament nazoratini kuçaytiriş, hududlarda Bolalar ombudsmani faoliyatining samaradorligini oşiriş, bolalar murojaatlari bilan işlaş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda bolalar farovonligini baholaşning milliy indeksini joriy etiş böyiça ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar işlab çiqilgan.

Tadqiqotning alohida yönalişini bolalar huquqlariga nisbatan zamonaviy tahdidlarga qarşi institutsional va huquqiy mexanizmlarni rivojlantiriş taşkil etadi. Xususan, bolalarning raqamli muhitdagi huquqlarini himoya qiliş, kiberbulling, onlayn ekspluatatsiya va boşqa xavflarning oldini oliş, şuningdek, uşbu yönalişda Bolalar ombudsmanining mas’uliyatini kuçaytiriş masalalari yuzasidan takliflar asoslab berilgan.

Himoya natijalariga köra, Sultonov Nodirbek Böston öğlining dissertatsiya işi DSc.26/2025.27.12.Yu/S.01.01 raqamli Ilmiy kengaş tomonidan 12.00.13 – «Inson huquqlari» ixtisosligi böyiça yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beriş uçun tavsiya etildi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 16.11.2026 Ko'rishlar 202
Ulashish