Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ombudsmanlar forumida Inson huquqlari böyiça milliy markaz tomonidan Özbekiston tajribasi taqdim etildi

2026-yil 16–18-noyabr kunlari Moskvada 70 ga yaqin davlatdan 450 dan ortiq vakilni birlaştirgan Xalqaro ombudsmanlar forumi bölib ötdi. Forum işida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov boşçiligidagi Milliy markaz delegatsiyasi iştirok etdi.

Xalqaro forum ilk bor qöşma formatda ötkazildi. Ya’ni, Forum Yevroosiyo ombudsmanlari alyansining XI yiğilişi, “Inson huquqlarini himoya qiliş muammolari: ombudsmanlarning ilğor tajribalari almaşinuvi” mavzusidagi X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Yoşlar ombudsmanlari forumini özida qamradi.

Keng kölamli uşbu tadbir milliy tajriba almaşiş, inson huquqlari sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş hamda inson huquqlari böyiça milliy institutlarning xalqaro hamkorligiga doir yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş maydoniga aylandi. Iştirokçilar orasida MDH, BRIKS va ŞHT davlatlari, şuningdek, Osiyo, Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi va Yaqin Şarq mamlakatlari vakillari ham bor edi.

Yevroosiyo ombudsmanlari alyansining yiğilişi bolalar va yoşlar örtasida buzğunçi hamda xavfli kontent tarqalişiga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlandi. Iştirokçilar raqamli makonda inson huquqlarini ta’minlaş, raqamli texnologiyalar va media borasidagi savodxonlikni oşiriş, kiberbullingning oldini oliş hamda ösib kelayotgan yoş avlod uçun xavfsiz axborot muhitini şakllantiriş böyiça özaro tajriba almaşdilar.

Yiğiliş yakunida Iroqning inson huquqlarini himoya qiliş instituti hamda Panjob provinsiyasi (Pokiston) ombudsmanining Yevroosiyo ombudsmanlari alyansiga a’zo bölişi töğrisidagi hujjatlar imzolandi. Alyans taşkil etilganidan buyon unga a’zo davlatlardan biri hisoblanuvçi Özbekiston inson huquqlarini himoya qiliş sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga izçil kömaklaşib kelmoqda.

X Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davomida xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş hamda inson huquqlarini himoya qiliş böyiça milliy institutlarning özaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov “Xorijdagi fuqarolarning huquqlari: ombudsmanlarning özaro hamkorligi mexanizmlari va amaliyoti” mavzusidagi şu’ba majlisida sözga çiqdi. Özbekiston vakili iştirokçilarni migratsiya jarayonining barça bosqiçlarida mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş böyiça mamlakatimiz tajribasi bilan taniştirdi.

Milliy markaz direktori, xususan, taşkiliy mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştiriş, fuqarolarni kasb-hunar va tilga öqitişni nazarda tutuvçi safar oldidan tayyorlaşning “kasb va til” modelini joriy etiş, şuningdek, xorijda taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş geografiyasini 3 tadan 27 ta davlatgaça kengaytiriş masalalariga töxtaldi.

Akademik Akmal Saidov xorijdagi vatandoşlarning huquqlarini himoya qilişda kompleks yondaşuv zarurligini ta’kidlar ekan, şunday dedi: “Xorijdagi fuqaroni himoya qiliş çegarani kesib ötiş bilan tugamaydi. U buzilgan huquq çinakamiga tiklangandagina yakunlanadi”.

Uşbu yondaşuv Özbekistonning qat’iy pozitsiyasini aks ettiradi: inson huquqlarini himoya qiliş nafaqat milliy darajada, balki davlatlararo hamkorlikning ta’sirçan mexanizmlari, ombudsmanlarning özaro aloqalari va öz mamlakatidan taşqarida bölgan fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş orqali ham ta’minlanişi lozim.

Forum kun tartibidan inson huquqlarini himoya qiliş borasida umumiy yondaşuvlarni şakllantiriş va inson huquqlari böyiça milliy institutlarning özaro hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan hujjat — “Moskva tamoyillari” loyihasi muhokamasi muhim örin egalladi.

Muhokamalar çoğida akademik Akmal Saidov loyiha qoidalarini BMT Boş Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi 48/134-sonli rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Parij tamoyillariga muvofiqlaştiriş zarurligiga e’tibor qaratdi.

Taniqli özbek huquqşunosining fikriça, Parij tamoyillari inson huquqlari böyiça milliy institutlarning mamlakat içidagi maqomi, mustaqilligi, vakolatlari va faoliyat yuritişi borasidagi xalqaro standartlarni belgilab beradi. Şu bilan birga, turli mamlakatlardagi inson huquqlarini himoya qiliş böyiça milliy institutlarning özaro amaliy aloqalari, xalqaro miqyosda muvofiqlaştirilişi va hamkorligi masalalarini yanada rivojlantiriş talab etiladi.

Şu munosabat bilan “Moskva tamoyillari” inson huquqlarini himoya qiliş institutlarining mustaqilligi va milliy öziga xosligini saqlab qolgan holda institutlararo hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Uşbu hujjat amaldagi xalqaro standartlarga muhim amaliy qöşimça bölişi mumkin.

Forum doirasida vijdon erkinligini ta’minlaş va madaniy özlikni saqlaş, odam savdosi hamda qullikning zamonaviy şakllariga qarşi kuraşiş, xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, bir tomonlama çeklov çoralarining gumanitar oqibatlari masalalari böyiça ham munozaralar bölib ötdi.

Inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş masalalarida ombudsmanlar hamkorligining samarali mexanizmlarini izlab topiş, ilğor tajriba almaşiş hamda xalqaro hamjihatlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 19.11.2026 Ko'rishlar 287
Ulashish