Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ertaga e’lon qilinadi

«Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilmoqda.

Mazkur Qonunning 11-moddasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari bo‘yicha o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

 Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25 iyun kuni «Xalq so‘zi» va «Narodnoe slovo» gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida e’lon qilinadi.

 Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflaringizni Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasi, 1341 qisqa raqami orqali hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Toshkent shahri, Bunyodkor shox ko‘chasi, 1-uy manzili bo‘yicha yuborishingiz yoki bevosita kelgan holda taqdim etishingiz mumkin.

Rasmiy xabarlar

Powered by GSpeech