G‘oliblar inson huquqlariga oid kitoblar bilan taqdirlandi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida Toshkent davlat yuridik universitetida “Til haftaligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi” ijrosi doirasida tashkil etildi.

Shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat yuridik universiteti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi o‘rtasida imzolangan kitobxonlik madaniyatini oshirish to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumiga asosan joriy yil 2 noyabr kuni o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari ishtirok etdi.

“Til millat ko‘zgusi” shiori ostida “Eng yaxshi ilmiy va ommabop  maqola” tanlovi ham o‘tkazildi. Tanlovning quyidagi g‘oliblari aniqlandi:

birinchi o‘rin sohibi – Universitetning Xususiy huquq fakulteti uchinchi bosqich talabasi Latofat Rajabova;

ikkinchi o‘rin sohibi – Xususiy huquq fakultetining 2-bosqich talabasi Dilorom Sulhiddinova;

uchinchi o‘rin sohibi – Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Farangiz Baxtiyorova bo‘ldi.

Ularga Universitet tayyorlagan diplomlar topshirildi.

Tanlov g‘oliblariga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr ettirilgan 12 nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Hamidullo Mo‘minov,

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi “Inson huquqlari uyi” bosh mutaxassisi;

Malika Talipova,

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazi  “Inson huquqlari uyi” yetakchi mutaxassisi

Powered by GSpeech