Avvalo, salomatlik!

Joriy 2022 yil yakuniga yetayotgan, Yangi – 2023 yil tobora yaqinlashayotgan shu farahli kunlarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov nomidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ahmedovaga Tashakkurnoma yo‘llandi.

Tashakkurnomada Milliy markaz xodimlarining salomatligini mustahkamlash hamda COVID-19 kasalligini erta aniqlash va tarqalishining oldini olish borasidagi amaliy hamkorligi uchun D.Ahmedova va uning ahil jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech