Prezident "O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha tegishlicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantiradi hamda tegishli o‘quv dasturlarini takomillashtirish choralarini ko‘radi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2023 yil 1 iyundan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha Milliy marka tomonidan har yili:
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yo‘nalishlarida faoliyati mazkur shaxslar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi.
Avvalroq 2023 yil 1 martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etilishi xabar qilingandi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 08.02.2023
- Ko'rishlar: 4490
- Chop etish